LOTIN-КИРИЛЛ

VAZIR JAMGʻARMASI HISOBIDAN USTAMA OLAYOTGAN USTOZLAR

    Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan hamda intellektual rivojlangan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Bu yoshlarga ta’lim berib ularni kamolga yetkazish esa ustozlardan ikki hissa bilim va tajriba talab qiladi.  Bugun tumanimizda bilimli shogirdlarni kamolga yetkazish bilan bir qatorda o‘zlari ham yuqori natijalarga erishayotgan ustozlarimiz talaygina.

   Kuni-kecha Vazir ustamasini oladigan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi, quvonarlisi ular orasida tumanimizning 4 nafar fidoyi ustozlari ham bor. 10-maktab o‘qituvchilari Laziz Temirov va Moʻtaram Idiyeva, 20-maktab o‘qituvchilari Shahlo Otayeva va Dilshod Xudoyberdiyevlarga bugun ko‘pchilik ustozlar havas qilishadi.

    Ularga 2024 yil may oyidan 2025 yil yanvar oyiga qadar 9 oy mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori  ya’ni 5 775 000 so‘mda har oylik ustama to‘lab boriladi.

Maktab ta’limi tizimida faol mehnat qilib, o‘quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘z o‘qitish uslubiga ega malakali pedagoglar sifatida ular ikki bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Tarix fanidan Laziz Temirov va Shahlo Otayeva, ona tili va adabiyot fanidan Moʻtaram Idiyeva, matematika fanidan Dilshod Xudoyberdiyevlar qo‘lga kiritgan yutuq nafaqat maktab balki tuman ta’lim tizimining ham erishgan natijasi, deyish mumkin.

    Albatta, o‘qituvchi va murabbiy kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash va rag‘batlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lgan ushbu ustamaning joriy etilishi, salohiyati yuqori bilimli ustozlarimizning faoliyatiga qanot bo‘lishi shubhasiz!.

Biz esa o‘z o‘rnida farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatlarida ustozlarimizga omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

O'qilgan: 185 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: