HUNARLI INSON XOR BO‘LMAS ‼️‼️
xalqimizning o‘lmas naqlining isboti yana bir bora isbotlandi
❇️ Yaqinda Buxoroda bo‘lib o‘tgan "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"da qatnashgan va 63 davlat ishtirokchilari o‘rtasida 2- o‘rinni egallab 900 AQSH DOLLARI pul mukofoti bilan taqdirlangan Uchquduqlik zargar-hunarmand Lola Xayriyeva haqida xabar bergan edik.
Tuman hokimi Soli Hamroyev zargar qiz bilan uchrashib unga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tuman hokimi hunarmandning ishlari bilan tanishar ekan, uning muvafaqqiyatlari bilan birga muammolari bilan ham qiziqdi.
2 nafar farzandni voyaga yetqazayotgan Lola Xayriyeva turmush o‘rtog‘i bilan bugungi kunda ijarada yashaydi. Bozordagi kichkina do‘koni ham ijaraga olingan. Ammo u yana o‘z hunarini rivojlantirmoqchi .
- Bunday shijoatli hunarmandlarimizni nafaqat taqdirlash balki ularga imkoniyat yaratish kerak deyar ekan tuman hokimi mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.
✅ Tuman hokimi bilan uchrashganidan keyin:
1. Lola Xayriyevaning endilikda Uchquduqda zargarlik maktabi tashkil etilib shogirdlar tayyorlaydi. Va tuman hokimligi uning har bir shogirdi uchun pul to‘laydi.
2. Unga Abay mahallasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidan joylashgan "Hunarmandlar do‘koni"dan bitta do‘kon ijara to‘lovisiz beriladi.
3. Aynan o‘zining do‘koni joylashgan ko‘p qavatli uydan uning oilasi uchun boshlang‘ich to‘lov to‘lamasdan oylik to‘lov evaziga xonadon olishga imkon yaratiladi.
Ana sizga hunardan kelgan boylik!