Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek,nimani o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaylik,qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik,barcha oliyjanob harakatlarimizning negizida,barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizning ham jismonan,ham ma’nan jihatdan sog’lom qilib o’stirish,ularning baxt-u saodatini, farovon kelajagini ko’rish,dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.Haqiqatdan ham,mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyasiga faqat ta’lim,sport yoki tibbiyot sohasining masalasi deb emas,balki barcha soha va tarmoqlar faoliyatini majmuali tarzda safarbar etishni taqoza etadigan ko’p qirrali vazifa sifatida qaralmoqda.Umuman,ijtimoiy yo’nalishda qabul qilingan barcha dasturlardan tortib,jamiyat hayotidagi nufuzini oshirishga ko’maklashadigan chora-tadbirlarning zamirida yagona maqsad,ya’ni yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi turadi.Jumladan, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 19-martdagi 02-1011-sonli videoseliktor yig’ilishida berilgan topshiriqlariga asosan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbuslarning ikkinchi tashabbusi bo’yicha hozirgi kunga qadar Uchquduq tuman Xalq Ta’limiga qarashli 10-umumiy o`rta ta’lim maktabida turli sport musobaqalari tashkil qilinib g`olib o`quvchilar tuman musobaqalariga saralab olinib borilmoqda.Misol uchun Stol tennisi,shashka,shaxmat,yengil atletika,futbol sport turi bo`yicha o'quvchilar faol eshtirok etib kelmoqda.Maktabning 9-sinf o`quvchisi Xursanova Nodira shashka sport turidan viloyatda 3-o'rinni,yengil atletikadan Raxmatullayeva Shaxrizoda 3-o'rin,shaxmat turidan Bobaqandova Marg'uba ham 3- o'rinni egallab viloyat bosqichida go`liblikni qo`lga kiritib qaytishdi.Joriy yilning 21-fevral kuni maktab o`quvchilari o`rtasida stol tennisi sport turidan maktab birinchiligi musobaqasi tashkil qilindi. Musoboqada o'g'il bolalar o'rtasida faxrli 1-o'rinni Shoniyozov Temur,2-o'rin G'apporov Sohibk,3-o'rin Baxodirov Odil,qiz bolalar o'rtasida 1-o'rin Hoshimova Marjona,2-o‘rinni Jalolova Jasmina,3-o`rinni Baxtiyorova Munisalar egalladi.Tumanimizda sportga bo’lgan e’tibor ahamiyatlidir,jumladan haftaning har shanba kuni “Lochin” sport majmuasi maydonida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazilib kelinmoqda.Bunday mashg’ulotlar sog’liqni mustahkamlash bilan birga kishiga tetiklik hadya etadi.Sport farzandlarimizni xarakterini toblaydi,qalbida o`z xalqi,yurti bilan faxrlanish tuyg`ularini shakillantiradi.Zero,g`urur,faxr iftixor inson uchun o`z maqsadlariga erishishida madad bo`ladi.Maqsadimiz o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog`lom bo`lib voyaga yetishi,ularga sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mexr-muhabbatni singdirish,jismoniy komillikka intilishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyatga ega ekanligidir.
Uchquduq tuman 10-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi
Hakimova Ra'no Ismoilovna.