LOTIN-КИРИЛЛ

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida  jismoniy sifatlarini shakllanatirishning ahamiyati

 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida jismoniy tarbiyaning o‘rni va ularda jismoniy sifatlarni shakllantirish, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash to‘g‘risida so‘z boradi.

Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, sport, jismoniy sifatlar, dars, ta‘lim, sog’lom turmush tarzi

Bugungi kunda, jismoniy tarbiya va sport dunyo hamjamiyatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda. Yosh avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos. Xususan boshlang’ich sinf o’quvchilarning jismoniy tarbiyasida ham sport katta o'rinni egallaydi. Sport jismoniy tarbiya vositasi sifatida bolalarning sog'ligini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va metodik ta’minotini kuchaytirish, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jozibadorligini oshirib, ta’lim oluvchilarning unga bo‘lgan qiziqishi va e’tiborini yanada kuchaytirishga zamin yaratmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020-yil 24-yanvar PF-5924-son O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora- tadbirlari to’g’risida Farmoni, 2019 -yil 13-fevral 118-son 2019–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi hamda 2018-yil 14 avgustdagi PQ-3907- sonli ―Yoshlarni ma’naviy- ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlari ayni kunda izchillik bilan hayotga tadbiq etilib kelinayotganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shu o’rinda jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tish lozim.

Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt “jismoniy(harakatlantiruvchi)sifatlar” degan atama qo’llanilgan. Jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlari “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan” degan iboralarda o’z aksini topgan. O’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda jismoniy tarbiya darslarining va shu jumladan sinfdan tashqari ishlar, musobaqalar yetakchi rol o’ynashi barchamizga ma’lum.

Yuqorida tilga olingan sifatlardan kelib chiqqan holda jismoniy sifatlarni  quyidagicha sinflarga ajratishimiz mumkin:

1.Kuch. Odamning kuchi deb - tashqi qarshilikni yengib o’tishiga yoki tashqi kuchlarga qarshi turishiga yoki foydali harakatni bajara olish qobiliyatiga aytiladi.

 2.Tezkorlik. Tezkorlik insonning tashqi ta’sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik-kuch sifatlarining o‘ziga xos shakllarida namoyon bo‘ladi.

3.Chaqqonlik. Harakatlarning koordinastiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o’lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga moyil bo’lsa, harakat yetarli darajada aniq bo’ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir.

  1. Egiluvchanlik.Egiluvchanlik bo’g’imlar harakatchanligi darajasini ko’rsatadi. Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi – harakat amplitudasi. Egiluvchanlik uloqtirishda, ayrim sakrash turlarida, gimnastika hamda akrobatika mashqlarida, yangi harakat shakllarini yanada samarali egallashda shiddat natijalarining ko’tarilishiga ko’maklashadi.
  2. Chidamlilik.Chidamlilik - insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir-oqibat charchash bilan chegaralanganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin.

Jismoniy sifatlar faoliyat chog’ida namoyon bo’lar ekan, ularni harakat, malaka va ko’nikmalardan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Insonning u yoki bu harakat faoliyatini qay darajada o’zlashtirib olganiga qarab tegishli jismoniy sifatlarni yuzaga chiqarish darajasi ham o’zgaradi. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlarining mazmuni, sport musobaqalarining maqsadi faqat salomatlikni yaxshilash, jismoniy rivojlanishni ta’minlash, sport mahoratini oshirish bilangina chegaralanib qolmay, balki yosh sportchilarni Vatan sharafi uchun kurashish, el-yurt obro’sini ko’tarish hamda sog’lom turmush tarzi mazmunida jismoniy tarbiya va sportning naqadar zarurligini ham isbotlashdan iborat. Demak, o’quvchi-yoshlar qaysi kasb-hunar yo’lida faoliyat ko’rsatmasin, ular jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlariga alohida e’tibor berishlari, ularni mukammal egallashga astoydil odatlanishlari zarur. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar tarkibida aholining turmush madaniyatini yaxshilash va sog’lom turmush

 
   

tarzini qurishga qaratilayotgan tadbirlar juda ko’p.

Aholining sog’lom turmush tarzini egallashlarida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlari o’z samaralarini bermoqda. Bunda iqtidorli o’quvchilar, talabalar va sportchilarning ko’payishi, ularning xalqaro anjumanlar va sport musobaqalarida erishayotgan yutuqlari e’tiborga loyiqdir. O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va uni rivojlantirishda jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari hamda musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30 - oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF -6099- sonli farmoni
  2. Abdullayev A. Xonkeldiyev Sh.X. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. O’zDJTI nashriyoti matbaa bo’limi, 2005.
  3. Salomov R.S. Sport mashg’ulotlarining nazariy asoslari – T.,2007
  4. Abdullayev M.J “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. Toshkent “Turon-Iqbol” nashriyoti, 2020.

                   

   Barnoyeva Mamlakat Sanoqulovna

                                    Navoiy viloyati Uchquduq tumani

                                       10-sonli maktab o’qituvchisi

O'qilgan: 285 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: