Kuni kecha tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman tibbiyot birlashmasida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni tuman hokimi S.Xamroyev boshqarib bordi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi uch yilda respublikamizda onalar o‘limi ko‘rsatkichi 1,5 baravarga, go‘daklar o‘limi esa 1,3 baravarga kamayishiga erishilgan. Uchquduq tumanida so‘nggi uch yilda onalar o‘limi sodir etilmagan bo‘lsa, joriy yil boshida ona o‘limi qayd etilganligi, bolalar o‘limi ko‘rsatkichi ham oshganligi afsuski achinarlidir.
Bolalar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni zarur vitamin komplekslari, yod preparati, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash joriy etildi. Qolaversa, tug‘ruqxona bo‘limiga kerakli bo‘lgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar xarid qilingan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha pediatriya hamshirasi va doya shtatlari ajratilib, 98 nafar tibbiyot xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lishiga qaramay, natijadorlik o‘ta samarasiz.
16 fevral kuni soat 14:55 da tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limiga “Altintau” OFY da yashovchi D.S. yotqizilgan. Oradan 3 kun o‘tib 19 fevral kuni soat 12:23-12:49 oralig‘ida kecharcha kesish amaliyoti o‘tkazilib, qiz bola tug‘ilgan. Shu kuni kechasi soat 22:15 da onaning ahvoli og‘irlashadi, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 23:00 da D.S.da biologik o‘lim qayd etilgan.
Mazkur ayanchli ona o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan atroflicha o‘rganishlar olib borilib, tibbiy kuzatuvga olingan kunidan uning vafotigacha bo‘lgan ona va bola ahvoli chuqur tahlil qilindi. O‘z xizmat vazifasini bajarishda ma’sulyatsizlikga yo‘l qo‘ygan tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Jalilov egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Navbatchi akusher-ginekolog Z.Jo‘rayevaga tibbiy hujjatlarni yurishdagi kamchiliklari uchun oylik ish xaqining 30% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog Z.Ibragimovga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda "Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi" - deya barcha tibbiyot xodimlarini, tuman, viloyat hokimlarini ogohlantirilgandi.
-Ming afsuski, bevaqt o‘lgan onaning ortida 2 nafar bolasi qoldi. Onasiz katta bo‘lgan bolaning hayoti baribir kemtik bo‘lib qolaveradi. Shuncha shart-sharoit shuncha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetarli bo‘lishiga qaramay, ona o‘limiga yo‘l qo‘yilganligini, qanday izohlash mumkin, - dedi tuman hokimi S.F.Xamroyev.
Inson umriga ona va bola hayotiga mas’ul bo‘lgan tibbiyot xodimlari o‘z bilim va malakasini muttasil oshirib borishlari ta’kidlandi. 98 nfaar “tibbiyot brigadalari” xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ayollarning homiladorlik anamneziga qarab xavf guruhlarga ajratish va viloyat onalik va bolalikni muxofaza qilish markazi bilan kelishilgan xolda tibbiy kuzatuvni davom ettirish belgilab olindi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda malakali akusher –ginekologlarni oyda ikki marotaba tumanga kelib tibbiy ko‘rik o‘tkazish ishlarini tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 12 - banddan iborat Ttmanda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish, onalao‘limiga yo‘l qo‘ymalik, bolalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan yo‘l-xarita qabul qilindi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI