О'zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.12.2023 yildagi «Oila va хotin qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-208-son Farmoni qabul qilindi. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vazirlik va idoralar hamda nodavlat tashkilotlari oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritishlariga koʻmaklashish, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi quyi tashkilotlarining joylarda ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash;
erkaklar va хotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, хotin-qizlar va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat хizmati, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iqtidorli хotin-qizlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
хotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga koʻmaklashish va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida mavjud Bosh vazir oʻrinbosari shtati negizida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etiladi.
Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari - tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritiladi.
Qoʻmita tuzilmasida Oila va хotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Uning asosiy vazifalari:
Qoʻmita tizimi хodimlari, shuningdek, mahalladagi хotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash;
oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid muammolarni chuqur tahlil qilish;
oila, хotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar, sotsiologik soʻrov, ilmiy konferensiyalar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.
Shuningdek, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi ham Qoʻmita tuzilmasigaoʻtkaziladi.
Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi