LOTIN-КИРИЛЛ

Nogironligi bo'lgan shaxslarga kafolat va imtiyozlar

     Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirilmoqda. Mehnat kodeksining 96-moddasiga ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiradi va davlat ularni ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi. Lekin ming afsuslar bo`lsinki belgilangan imtiyoz va kafolatlardan barcha birday foydalanolmayotganligi, ish beruvchilarning bu imtiyoz va kafolatlardan xabarsiz ekanligi to`g`risida ko`p sonli murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur maqolani mana shu ko`p sonli murojaatchilar va ish beruvchilar uchun tayyorladik.

    Nogironligi bo'lgan shaxslarga “Aholi bandligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o'rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o'rinlariga mahalliy mehnat organlari yo'llanmasiga ko'ra ishga joylashish kafolatlanadi.(Mehnat kodeksi 423-modda).

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xodimlarining soni 20 nafardan ortiq bo'lgan tashkilotlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlar umumiy sonining kamida 3 foizi miqdorida ish o'rinlarining eng kam soni belgilanadi. Masalan, 100 nafar xodim ishlaydigan tashkilotda (mulkchilik shaklidan qat'i nazar) kamida 3 ta ish o'rni nogironligi bo'lgan shaxslar uchun band qilib qo'yiladi.

    Mehnat kodeksining 427-moddasiga ko`ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o'ttiz daqiqadan ortibketmasligi kerak.

Mehnat kodeksining 431-moddasiga ko`ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to'lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to'liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

  I va II guruh nogironligi bo'lgan18 yoshga to`lmagan xodimlarniki qanday tartibda belgilanadi?

 I va II guruh nogironligi bo'lgan xodim 18 yoshga to'lmagan bo'lsa o'quv ta'tili vaqtida ish vaqtining muddati:

16 dan 18 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 36 soatdan ;

15 dan 16 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (Mehnat kodeksi 415-moddasi 1-qismi).

Ta'til vaqtida 18 sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to'liq bo'lgan chog'da tegishli toifadagi xodimlargaberiladigan miqdorda to'lanadi (Mehnat kodeksi  420-moddasi 1-qismi).

O'qishdan so'ng ishlayotgan o'quvchilarning o'quv yili davomidagi ish vaqti muddati esa:

16 dan 18 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 18 soatdan ;

15 dan 16 yoshgacha bo'lganlarga – haftasiga 12 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi (Mehnat kodeksi  415-moddasi 2-qismi).

Korxonalarda o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan o'quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga

mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to'lanadi (Mehnat kodeksi420-moddasi 4-qismi).

Nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatidan ularga sog'lig'ining holatiga ko'ra qarshi ko'rsatma

bo'lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi bo'lgan shaxslarning to'liqsiz ish vaqti

rejimi to'g'risidagi, yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari

to'g'risidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiydir (Mehnat kodeksi 424-moddasi).

 I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga davomiyligi kamida 30 kalendar  kundan iborat yillik mehnat ta'tili beriladi va ular bu ta'tildan yilning o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtida foydalanishi mumkin va ta’tildan chaqirib olishga yo`l qo`yilmaydi. (Mehnat kodeksi 218 va 429-moddalari).

         Mehnat kodeksi 428-moddasiga ko`ra,nogironligi bo'lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidantashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishgafaqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.

Mehnat kodeksi 227-moddasiga ko`ra,   I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun ularning xohishi bo'yicha 6 oy o'tmasdan oldin beriladi.

Mehnat kodeksi 242 va 430-moddasiga ko`ra,  I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga ularning arizasiga ko'ra, har yili 14 kalendar kunga qadar ish haqi saqlanmagan holda ta'til (“bezsoderjanie”) beriladi.

Mehnat kodeksi 234-moddasiga ko`ra, o'n sakkiz yoshga to'lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta'tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta'tillaridan shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan

almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Mehnat kodeksining 426-moddasiga asosan, nogironligi bo'lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko'riklar ish beruvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, sog'lig'ining yomonlashuvi, shuningdek nogironlik

berilishi, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab bo'lib hisoblanmaydi. Xodim bajarishi lozim bo'lgan ishni uddalashdan qat'i nazar, agar tibbiy xulosaga ko'ra xodimushbu ishni bajarishi to'g'ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a'zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug'dirsagina, mehnat shartnomasining sog'lig'i holatiga ko'ra bekor qilinishiga yo'l qo'yiladi.

 Soliq kodeksining 380-moddasiga ko'ra, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlaridan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha) soliq solishdan ozod etiladi. Masalan, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar 3 million so'm maosh olsa, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdori (2 million 940 ming so'm) dan 12% daromad solig'i ushlanmaydi qolgan summadan esa soliq ushlanadi. Ya'ni 3 million so'm - 2 million 940 ming so'm=60 ming so'mdan daromad solig'i to'lashadi.Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

 

Uchquduq tuman adliya bo`limi

 Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig’i

Rustamova Dildora Botirovna

O'qilgan: 442 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 06 Jan 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: