LOTIN-КИРИЛЛ

 “Suvni tejash” har bir fuqaroning burchidir!

    Suv yer yuzidagi har bir tirik jonzot uchun eng muhim hayot manba hisoblanadi. Yer — xazina, suv — gavhar, deb bejiz aytishmagan dono xalqmiz. Yer ham, suv ham odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari, noz-neʼmatlar bilan taʼminlaydi, salomatlikni asraydi. Shu bois ham azal-azaldan xalqmizda suv manbalaridan oqilona foydalanishga va uni asrashga jiddiy eʼtibor qaratishgan.

     Suvsiz hayotni hech qachon tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzasining deyarli 71 foizi suvdan iborat bo‘lsada, ichishga yaroqli suv zaxirasi juda oz. Dengiz va ummonlar suvi sho‘r. Chuchuk suvlar asosan tog‘dagi muzliklarda jamlangan. Undan keyin daryo va ko‘llarning suvlari ham chuchukdir. Daryo va ko‘l suvlari qayta ishlanib, aholiga yetkaziladi.

     Ammo dunyoning hamma davlatlarida ham bunday emas. Ichimlik suvi tanqisligidan qiynalayotgan ko‘plab mamlakatlar bor. Bularning asosiy qismi Afrika qitʼasi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Yog‘ingarchilikning kamligi, suv havzalarining mavjud emasligi va boshqa omillar shunday holga sabab bo‘lgan.

   Jahon suv resurslari instituti (World Water Resource Institute) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyoda taxminan 3,5 mlrd. aholi suv tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy resurslarni boshqarishning mukammal strategiyasi va siyosatining amalda ishlamasligi hisobiga bu ko‘rsatkich 1,2-1,8 mln. kishiga yetadi. 2080-yilga borib esa ekinlarni sug‘orish samaradorligi oshirilishiga qaramasdan, global iqlim, ob-havo, yog‘ingarchilik va o‘simliklar vegetatsiya davrining o‘zgarib ketishi sababli chuchuk suvga bo‘lgan talab 25 foizga ortishi prognoz qilinmoqda.

Qurg‘oqchilik va unumdor yerlarning kamayishi BMTni ham tashvishga solayotgan muammolardan biridir. 2020-yilning oktabr oyi boshida xalqaro iqlim tashabbusi ostida o‘tkazilgan forumda nutq so‘zlagan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish global iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik masalalariga alohida etibor qaratish zarurligi haqida shunday degan: “Agar biz hozir harakat qilmasak, bu asr insoniyat uchun so‘nggi asr bo‘lishi mumkin. Global iqlim o‘zgarishi misli ko‘rilmagan o‘rmon yong‘inlari, kuchli va tez-tez uchraydigan siklonlar, tosh¬qinlar, qurg‘oqchilik va bosh¬qa ekstremal ob-havo hodisalarini keltirib chiqarmoqda”, degan BMT rahbari.

Suvning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, uni tejab-tergab ishlataylik. Farzandlarimizga ham suvni isrof qilmaslikni o‘rgataylik. Suvni isrof qilmaslik barchamizning burch va vazifamiz ekanligini aslo unutmaylik. Hozir jahonda ichimlik suvi muammosi birinchi darajali muammolardan bo‘lib turibdi. Ayni paytda dunyoda bir milliarddan ortiq kishi toza ichimlik suviga muhtoj.

Afsuski, suvni isrof qilish hollariga tez-tez guvoh bo‘lib qolyapmiz. Jo‘mragi buzilgan suv quvurlaridan toza ichimlik suvi sharillab oqib yotadi. O‘sha suvdan ichadigan aholi vakillaridan birortasi: “Kel, shu jo‘mrakni tuzattirib qo‘yay! Axir bu suvdan o‘zimiz ichamiz-ku! Shuncha suv isrof bo‘lib oqib yotmasin. Bu isrofning ham so‘rog‘i bor” deb o‘ylab ko‘rmay, o‘sha quvur yonidan beparvolarcha o‘tib ketaveradi.

   Suvdan samarali foydalanish va taqsimlashning barqaror amaliyotlarini ishlab chiqish barcha mamlakatlarning kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Ayniqsa, murakkab iqlim sharoitida joylashgan O‘zbekiston uchun suvni tejab ishlatish masalasi doimo dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabridagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan Strategiya 2030 ning alohida, uchinchi yo‘nalishi — Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ekanligi ham bejiz emas.

   Hozirda respublikada suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash hamda tiklash, rekonstruksiya qilish, sug‘oriladigan yerlarning suv taʼminotini oshirish va meliorativ holatini yaxshilash, sohaga raqamli texnologlarni joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi besh yil davomida respublika bo‘yicha suv tejaydigan texnologiyalar 618,2 ming gektar maydonlarda joriy etilishi taʼminlanib, sug‘oriladigan maydonlarning ushbu texnologiyalar bilan qamrovi 15 foizga yetkazildi.

Butun dunyo eʼtiborini tortayotgan suv muammosiga biz ham befarq bo‘lmasligimiz lozim. Suvsizlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga nazar tashlash va xulosa qilishning o‘zi kifoya. So‘nggi yillarda tevarak atrof, yer, suv va havoda sezilarli ifloslanish holatlari kuzatilmoqda. Buning oldini olish, tabiatni muhofaza qilib, sog‘lom avlod uchun kurashish esa barchamizning burchimizdir.

 

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini

muhofaza qilish sho‘basi boshlig‘i K.Jalilov

O'qilgan: 1885 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: