Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023 yildagi 687-sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan.
Prezidentning 01.06.2023 yildagi PQ-82-son qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.
Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- «Muruvvat» va «Saхovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash;
- nogironligi boʻlgan shaхslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
- nogironligi boʻlgan shaхsarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
- yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
- bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
- voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam хizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.
Hujjatda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Aхborot teхnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- aхborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
- serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga teхnik хizmat koʻrsatish;
- Agentlik tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;
- «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.
Mazkur hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom;
- jamgʻarma ijroiya direksiyasining tuzilishi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.12 2023 yildan kuchga kirgan.
Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi