⚡️2024-yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezident farmoni bilan 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi. (https://t.me/huquqiyaxborot/15091)
Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
22-mart – juma;
11-aprel – payshanba;
18-iyun – seshanba;
3-sentabr – seshanba;
31-dekabr – seshanba.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
2-yanvar – seshanba;
23-mart – shanba;
12-aprel – juma;
31-avgust – shanba;
30-dekabr – dushanba.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.