Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2023 yil 10 avgustdagi 396-son buyrug‘i asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilganlari o‘rniga yangi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur buyruqqa asosan, 2023 yil 1 noyabrdan quyidagi miqdordagi to‘lovlar kuchga kiradi:
- Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun va tir- bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
- Mototransport vositalari, motorollerlar kamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida;
- Tranzit RO‘DRB uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida.
Ayni paytda davlat raqami belgilarini berish uchun to’lov miqdorlari 2011-yildan buyon stavkalar o’zgarmagan edi. Ichki ishlar vazirligi bu sohada ma’lum vaqt davomida hech qanday o’zgarishlar amalga oshirilmagan. IIVning 396-sonli buyrug’i asosan faqatgina stavka miqdorlari oshirilmasdan ma’lum toifadagi shaxslar uchun imtiyozlar ham belgilandi. Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga RO‘DRB berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Uchquduq tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Holiqov Nurbek Qo’ldosh o’g’li