Yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktyabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi mazkur qarorida quyidagi oʻzgarishlarni nazarda tutilgan:
2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.
2024-yil 1-yanvardan:
- a) fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha ravishda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda;
- b) fuqarolarga pensiya tayinlanganidan soʻng AT “Xalq banki”da jamgʻargan pensiya pulini olish uchun Pensiya jamgʻarmasidan qogʻoz shaklidagi sertifikat berish tartibi bekor qilinmoqda.
Bunda, fuqaro Xalq bankida mehnat faoliyati davomida har oylik ajratmalari asosida jamgʻargan mablagʻlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki bankning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratilmoqda.
2025-yil 1-martdan boshlab esa 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning oʻzida “avtomatik” tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.
Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (toʻlangan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush oʻrtogʻi va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining elektron bazalaridan olinadi.
Natijada esa fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish hamda oʻzi istiqomat qiluvchi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
Pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning oʻzida pensiya “avtomatik” tarzda tayinlangandan soʻng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.
Maʼlumki, pensiyalarni “avtomatik” tarzda tayinlash tartibi Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon va Estoniyada yoʻlga qoʻyilgan.
Pensiyalarni “avtomatik” tarzda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha 10 ta banddan iborat “yoʻl xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Bunda, 14 ta vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasi 2025-yil 1-martga qadar inventarizatsiya qilinadi va pensiya tayinlash uchun zaruriy hujjatlar toʻliq raqamlashtiriladi.
Pensiya yoshiga yetgan, ammo pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi berilmoqda.
Qonunchilikka muvofiq pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga, pensiya miqdoriga taʼsir etuvchi koʻshimcha xujjatlarni istalgan vaqtda taqdim etish huquqi berilgan.
Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Shodiyeva Nafisa Minboy qizi