Prezidentimizning farmoni (PF–158-son, 11.09.2023 y.) bilan kelgusi ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lishi belgilangan “O’zbekiston–2030” strategiyasi tasdiqlandi va uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘zi vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining asosiy go’yalari hisoblanadi.
Har qanday rivojlangan davlatning poydevori bu ta’limdir. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ham birinchi galdagi e’tobor ta’limga qaratilgan bo’lib, Bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish, 100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish, 500 ming nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida belgilandi.
Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Shodiyeva Nafisa Minboy qizi