Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev“Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu–ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, yosh avlodga berilgan yaxshi tarbiya va sifatli ta’lim Vatanimizning kelajagini yorug‘ va buyuk bo‘lishini kafolatlaydi.
Boshlang‘ich ta’lim-ta’limning poydevori. Joriy o‘quv yilida 1-4-sinflarning o’quvchilari yangi darsliklar bilan ta’minlanib,darslar davomida fanlardan mavzularni o‘rganish bilan bir qatorda darslikdagi rang-barang rasmlar,qiziqarli rebuslar,mantiqiy topshiriqlar hamda loyihalar bilan ishlashni o‘zlashtirmoqda.
Joriy yilning 19-oktyabr Uchquduq tuman 20-maktabdaumumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich sinflarda yangi avlod darsliklarini amaliyotga joriy etish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda ta’lim o‘zbek, rus, qozoq tilidagi maktablarning 75 nafardan ortiq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Seminarda Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahridan boshlang‘ich sinf o’qituvchilari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilarini maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari turli psixologik-pedagogik o‘yinlar o‘tkazib, yangi avlod darsliklari qahramonlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijrosida gavdalantirilgan holda kutib oldilar. Ayniqsa, seminar ishtirokchilariga 1-4-sinf darsliklaridagi qahramonlar – Akmal, Madina, Jasur, Sardor Aziza, Umidalarning chiqishlari katta taassurot qoldirdi.
Seminarni Uchquduq tuman20-maktabning v/v.b direktoriD.M.Xudoyberdiyev ochib berdi. Viloyat MMTB shoʻba metodisti Sh.Raxmonova hamdamaktabning boshlang‘ich metodbirlashma rahbariM.Alimovalar 1-4-sinf darsliklaridagi yangiliklar haqida gapirishdi, ayrim murakkab mavzular haqida tushunchalar berishdi.
Seminarning badiiy-musiqiy qismida maktabning boshlang‘ich sinf o‘uvchilari tomonidan 21-oktyabr – o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar hamda jozibali raqslar, qo‘shiqlar ijro etildi.
Seminarishtirokchilariga20-maktabda boshlang‘ich sinflarda olib borilayotgan ishlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ,,Yosh san’atsevarlar“ musiqiy kompozitsiyasi,amaliy fanlardan ,,Yosh ijodkor” to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari namunalari,o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan ,,Tajribamning sehrli sirlari” ko’rgazmali qurollar namoyishi, ,,Qadring baland bo‘lsin ona tilim’’ mavzusidagi musiqiy ma’naviy-ma’rifiy tadbir namoyish etildi.
,,Tajribamning sehrli sirlari” ko’rgazmali qurollar namoyishida o‘qituvchilarning ijod namunalaridan qo‘lda yasalgan ko‘rgazmalar namoyish etildi. “Bilimlar charxpalagi”, ,,Kim bilimdon, kim chaqqon’’, ,,Samoga sayohat’’,,,Sirli orol’’ kabi o‘quvchilar yoshi va dunyoqarashiga mos tayyorlangan qiziqarli ko‘rgazmalar tadbir ishtirokchilari uchun metodik tavsiya bo‘ldi.
Shuningdek, ustoz pedagoglar shoʻbalarda yangi avlod darsliklarini amaliyotga joriy etish, har bir mavzuni bolajonga sodda usulda tushuntirishning samarali usullari, yangi innovatsiyalarni tajribali,iqtidorli shahar trenerlari o‘z taqdimotlari, orqali namoyish etishdi.
Jumladan, viloyat trenerlari Zarafshon shahar 2-maktabboshlang‘ich sinf o‘qituvchisi F.Hamidova, Zarafshon shahar 1-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.Ismatova, Uchquduq tumanidagi 20-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.Alimovalar,tuman trenerlari Uchquduq tumandagi 20-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari H.Narzullayeva,M.Xidirova, X.Bo‘ronova,G.Rizayeva,M.Ergasheva, G.Saidova, D.Odilova, G.G‘afforovalaro‘z taqdimotlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qiziqarli o‘yinlar orqali xalqaro tajribalar asosida yangi texnologiyalarni ko‘rsatib berishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar 5 ta guruhlarga ajratildi. Sho‘ba mashg‘ulotlarida trenerlar tomonidan turli qiziqarli psixologik-pedagogik o‘yinlar, dars davomida o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilib oladigan innovatsion metodlardan foydalangan holda o‘quvlar o‘tkazildi. “Boshlang‘ich sinflarda yangi avlod darsliklarini amaliyotga joriy etish” mavzusidagi seminarda ishtirokchilar boshlang‘ich ta’limdagi yangiliklar, yangi avlod darsliklari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish bilan bir qatorda zamonaviy darslarni tashkil etishda, innovatsion texnologiyalardan foydalanishda kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab olishdi.