Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.01.2020-yildagi “Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 49-sonli qaroriga koʼra, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini berish:
- • xorijdagi konsullik muassasalari;
- • Tashki ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti;
- • Tashki ishlar vazirligining Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardagi boʼlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Konsullik muassasalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini quyidagi fuqarolarga rasmiylashtiriladi:
- • xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik roʼyxatida turuvchilar;
- • Oʼzbekiston hududida doimiy yashaydigan va 6 oydan koʼp muddatga xizmat safari, oʼqish, davolanish, kontrakt boʼyicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik chiqqan hamda konsullik ro’yxatida turganlarga.
Pasport olish haqida tegishli idoralarga murojaat qilinganda, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab, Oʼzbekiston hududida - 10 kun muddatda, xorijda esa – diplomatik postga joʼnatilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.
Uchquduq tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.Shodiyeva