Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarning O‘zbekiston xalqiga Murojaati bilan tanishib chiqdim. Haqiqatdan ham tinch, osuda mamlakatda yashayapmiz. Yoshlarimizga bilim olishi, turli musobaqa va tadbirlarda ishtirok etishi uchun imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan. Lekin ayrim ota-onalarimizning e’tiborsizligi yoki befarqligi sababli yoshlar orasidan oson pul topish maqsadida diniy oqimlarga kirib qolish holatlari ham uchrab turibdi.
Yoshlar bizning kelajagimiz. Qachonki yoshlar tarbiyasiga ota-onalar, mahalla, keng jamoatchilik o‘zini mas’ul deb qarasa, o‘ylaymanki yoshlarimiz vataniga sodiq, kelajagi uchun o‘zini mas’uliyatini his qila oladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda mahalla faollari va keksa avlod vakillari ham muntazam yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularga shunday farovon kunlarga yetib kelgunga qadar xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli o‘tmishidan saboq olib, hozirgi farovon hayotimiz uchun shukronolik hissini uyg‘otishimiz lozim. Har bir oila a’zolari orasida o‘zaro mehr-oqibat, fidoiylik va jonkuyarlik fazilatlarini kuchaytirish zarur. Shundagina biz ko‘zlagan maqsadimizga yana shahdam qadamlar bilan ildamlashimiz mumkin. Tinch va osuda yurtimizga ko‘z tegmasin.
Mahalla faoli Keksalar maslahati guruhi rahbari
Sharipova Oydin Sobirovna