“ Umumiy ovqatlanish korxonalarida
ovqatdan zaharlanish hamda yuqumli
kasalliklarning oldini olish, sanitariya
gigiyena qoida va normalariga rioya
qilish to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotlariga ko’ra Respublika aholisi o’rtasida joriy yilning yanvar oyi davomida 11 ta holatda ovqatdan zaharlanish holatlari hamda “Botulizm” kasalligi qayd etilib, 34 nafar fuqarolar jabrlanganligi va Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanida qayd etilgan holatda 2 nafar fuqarolar vafot etganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ovqatdan zaharlanish holatlari ko‘pincha umumiy ovqatlanish korxonalarida tashkil etilgan tadbirlarda (to‘y, tug‘ilgan kun, oilaviy tadbirlar) sifatsiz tayyorlangan taomlarni hamda ishlab chiqarish korxonasi noma’lum xavfsizligi ta’minlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan taomlar, konserva mahsulotlari istemol qilish natijasida qayd etilgan.
O‘tkazilgan sanitariya nazorati vaqtida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan sanitariya gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash tartiblariga rioya qilinmaganligi, umumiy ovqatlanish korxonlarida kunlik tozalash ishlari o‘tkazilmaganligi, oziq-ovqat mahsulotlari tashish, saqlash, va ishlov berishda belgilangan sanitariya qoida va normalariga rioya etmasligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda mahsulot turiga qarab sovutgichlar bilan ta’minlanmaganligi, yarim tayyor mahsulotlarni alohida sovutgichda saqlash, mahsulotlarga ishlov berish jarayonida sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik, zararsizlantirish ishlarini kun davomida o‘z vaqtida olib bormasligi, xodimlar maxsus ish kiyimsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ish olib borilayotganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2022-yil 14-iyulda tasdiqlangan “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” SanQvaN 0027-22-sonli sanitariya qoida va normalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 10.07.2012-yildagi «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 200-sonli buyrug‘i va qo‘shimcha 16.10.2013-yildagi «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 351-sonli buyrug`i bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni samarali muvofiqlashtirish, shuningdek aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish ishlarni tizimli tashkil qilish asosida faoliyat yuritishinigiz hamda quyidagi talablarni zudlik bilan bajarishingiz talab etiladi:
1.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 3-bob 13-22 bandi talablari bo‘yicha markazlashtirilgan suv ta’minoti va oqova suv ta’minoti tarmog‘ini tashkil etishni va doimiy ishlashi yo’lga qo’yilsin.
-issiq suv ta’minoti markazlashgan bo‘lishi yoki hududiy “Ariston” elektr uskunasi orqali issiq suv bilan ta’minlansin.
2.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 5-bob 31-32 bandi talablari bo‘yicha taomlar tayyorlash, pishirish, yordamchi xonalar (sexlar) bilan to‘liq ta’minlash, sanitariya-maishiy xonalarning tarkibi va foydalanishiga qo‘yiladigan talablari asosida umumiy ovqatlanish korxonalarida kunlik tozalash ishlarini belgilangan tartibda 4 marta zararsizlantiruvchi moddalar bilan ishlov berish asosida tozalash ishlari o‘tkazilsin.
3.Korxonaning texnologik jarayonlarining ketma-ketligini, mahsulotlar xavfsizligini va mahsulotlarning ikkilamchi ifloslanishini oldini olish SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 3-bob 35-bandi talablari bo‘yicha choralari ko‘rilsin.
4.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 5-bob 38-bandi talablari bo‘yicha tayyor va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishda ajratilgan ish stollarida texnologik jarayoniga ketma-ketlikka rioya qilgan holda ish yuritilsin.
5.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 5-bob 54-55-60-61-62-bandi talablari asosida ish stollarini ishlov beriladigan mahsulotlariga qarab alohida ajratilib, tamg‘alansin.
-idish-tovoq yuvish qoidalariga qa’tiy rioya etilsin.
-ovqatlanish stollarini har bir mijozdan so‘ng tozalash ishlarini o‘tkazilsin.
6.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 7-bob 79-bandi talablari asosida oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarni tashish, qabul qilish hamda saqlashga qo‘yiladigan sanitariya qoida va normalariga qat’iy rioya etish.
-ishlab chiqarilgan korxonasi ko‘rsatilmagan hamda yaroqlilik to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan mahsulotlarni qabul qilish qat’iyan man etiladi.
-tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini sovutgichda saqlash va mahsulot turiga texnologik jarayoniga qarab vaqtincha saqlash uchun sovutgichlar bilan ta’minlansin.
-qadoqlanmagan xom va tayyor mahsulotlarni birga saqlanishga yo‘l qo‘ymaslik va alohida saqlash choralari ko‘rilsin.
7.SanQvaN 0027-22-sonli me’yoriy hujjatning 7-bob 79,80,81-bandi talablari bo‘yicha xavfsizligi kafolatlanmagan uyda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘lbola konserva mahsulotlaridan foydalanmaslik choralari ko‘rilsin.
-yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsizlik belgilari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan foydalanmaslik.
-istemol qilinishi mumkin bo‘lmagan, yoki iste’mol qilinishi mumkin, lekin xo‘jaliklarda yetishtirilmagan qurtlangan, so‘ligan qo‘ziqorinlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
8.Kunlik tayyorlangan taomlarni umumiy ovqatlanish korxonasi ish vaqti tugaganda yo‘qotish hamda isitilib, qayta istemol qilmaslik choralari ko‘rilsin.
9.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 10.07.2012-yildagi «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 200-sonli buyrug‘i va qo‘shimcha 16.10.2013-yildagi «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 351-sonli buyrug`i bo‘yicha ishlovchi xodimlarni dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tashkil etilsin.
-tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga qo’yish qa’tiyan man etiladi.
10.O’zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi “O`zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” 0239-07/4-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlariga qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi 10-sonli qaroriga asosan, 18 yoshdan katta bo`lgan aholi qatlamini koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy bo`lmagan holda ommaviy emlanish (salomatligi bo`yicha qarshi ko`rsatma bo`lgan hollar bundan mustasno) belgilangani uchun hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 24.02.2022-yildagi Respublika maxsus komissiyasining 98-sonli yig`ilish bayoni talablari bo’yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash turlarini to’liq olish ta’minlansin.
11.Ishlovi xodimlar uchun kiyinish-yechinish xonasi bilan ta’minlashni, hamda maxsus ish kiyim bilan ta’minlashni, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratilsin.
Sizdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2022-yil 14-iyulda tasdiqlangan “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” SanQvaN 0027-22-sonli sanitariya qoida va me’yoriy hujjat ijrosi mulkchilik shaklidan qatiy nazar mehnatni muhofaza qilish ishchilarning salomatligini himoya qilish, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulot orqali yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish holatlari ishchilar va aholi o‘rtasida kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llanilishi majburiyligi belgilangan. Shunga asosan yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish holatlarining korxona ishchi xodimlari ularning oila a’zolari va yaqinlari, aholi o‘rtasida tarqalib ketishining oldini olish maqsadida faoliyat yuritayotgan korxonangizda 2022-yil 14-iyulda tasdiqlangan SanQvaN 0027-22-sonli sanitariya qoida va normalari talablariga riya etgan holda ish olib borishingizni, belgilangan talablar asosida faoliyat yuritishingiz to‘g‘risida ogohlantiramiz.
O`zbekiston Respublikasining 26.08.2015-yildagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida”gi O‘RQ-393-sonli qonuning 28-moddasida ish beruvchilar ishlab chiqarish binolariga va sanitariya maishiy binolarga, ishlab chiqarish jarayonlariga, texnologik uskunalarga, ish joylarining tashkil etilishiga, xodimlarning mehnat qilish, dam olish tartibiga hamda xodimlarga maishiy xizmat ko‘rsatilishiga doir sanitariya qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi shart ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Binobarin, Siz rahbarligingizdagi korxona tomonidan faoliyatida sanitariya qoidalariga amal qilinmaslik salbiy epidemiologik vaziyatning yuzaga kelishiga, aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlari tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari hududida kunlik sanitariya gigiyena va epidemiyaga qarshi tartiblarga to‘liq rioya etish muhimligi hamda aholi o‘rtasida ayniqsa bolalar o‘rtasida yuqumli va parazitar kasallikni oldini olishda, sanitariya qoida va normalariga amal qilgan holda umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyatini tashkil etishingiz talab etiladi.
Sizni ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53,54-moddalari bilan ma’muriy javobgarlik hamda sanitariya qoidalari va sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va sotilishiga qo’yiladigan sanitariya-gigiyena talablarini buzish hamda odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga sabab bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi bilan jinoiy javobgarlikga tortilishingiz haqida ogohlantiramiz.
Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi.