LOTIN-КИРИЛЛ

Ellikqal’ada Cobalt va Spark ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki haydovchi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani hududida 19-dekabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston IIB YHBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya davlat ahamiyatiga ega 4P165 Urganch—Chalish—Beruniy—Bo‘ston avtomobil yo‘lining 36—37-kilometrlarida sodir bo‘lgan.

Urganch tomon harakatlanayotgan Cobalt avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Spark bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda ikkala haydovchi ham halok bo‘lgan, Cobalt’ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

 

“Gazeta.uz”ning ma’lumotlariga ko‘ra, jami uch kishi shifoxonaga yotqizilgan — ona (39 yosh) va ikki og‘il (17 va 15 yosh). Bundan tashqari, Cobalt ichida bo‘lgan 3,5 yoshli egizak qizlar ham vafot etgani aytilmoqda. Haydovchi ularning otasi bo‘lgan.

YHBB ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasiga inson omili, ya’ni Cobalt’ning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

O'qilgan: 740 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: