LOTIN-КИРИЛЛ

Sirdaryoda “ZIL” yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ga urildi. Avariya oqibatida yengil mashina haydovchisi vafot etdi

Sirdaryoda quyuq tuman sabab “ZIL” yuk mashinasi yo‘lning chetida to‘xtab turgan mashinaga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16-dekabr kuni soat 04:30 larda Sirdaryo tumanidan kesib o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 70-kilometri oralig‘ida Cobalt haydovchisi yo‘lning chetiga to‘xtab, avtomobil yukxonasini ochib ko‘rayotgan vaqtida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “ZIL” yuk mashinasi havoning tuman bo‘lganligi sababli Cobalt’ga borib urilgan.

YTH oqibatida og‘ir tan jarohatini olgan Cobalt haydovchisi Sirdaryo tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

O'qilgan: 743 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: