LOTIN-КИРИЛЛ

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 50 mln dollarlik kapitalga ega investitsion jamg‘arma tuzadi

9-dekabr kuni Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov va O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Umurzoqov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

Unda tomonlar ustav kapitali 50 million dollarga teng bo‘lgan qirg‘iz—o‘zbek investitsion jamg‘armasini tashkil qilishga va bojxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirishga kelishib olishdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun Yo‘l xaritasini imzolash to‘g‘risida, bundan tashqari, 25-dekabrga qadar hamkorlikdagi investitsion loyihalar va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishga kelishuvlarga erishgan.

Shuningdek, uchrashuvda savdo-sotiqni kengaytirish va savdo darajasini oshirish uchun ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va tranzit hamkorligini faollashtirish va ularning tranzit salohiyatidan o‘zaro manfaatli foydalanishga e’tibor berish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

2020-yilning o‘tgan o‘n oyi davomida Qirg‘iziston tashqi savdo aylanmasi 736,3 million dollarni tashkil etgan, uning eksportdagi ulushi 622,4 million dollarga teng bo‘lsa, import — 113,9 million dollarni tashkil etgan.

O'qilgan: 673 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: