Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 5-dekabr kuni Navbahor tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-57 Qizilqum halqa yo‘lining 10–11-kilometri oralig‘ida Nurota–Navbahor yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Matiz tezlikni me’yoridan oshirgan. Natijada mashina yo‘lning chap qismiga chiqib ketib, YTH sodir etgan.
YTH natijasida 1990-yilda tug‘ilgan Matiz haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.