Boburni anglash.
Reja:
Kirish. Boburshunoslik tarixiga bir nazar.
Asosiy qism:
Bobur hayoti va ilmiy- adabiy merosi.
“Boburnoma” asari o’tmishning asl sadosi.
Bobur she’riyatining mavzularining xila –xilligi va badiiyati.
Xulosa.
Bobur hayoti men uchun ibrat maktabi.
“Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi.
Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqatayi nazaridan u
hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod qilib,
tarbiya o’chog’iga aylantirish zarur. O’zligimizni
anglash, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-
ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo’lmaymiz”.
(Shavkat Mirziyoyev)
Zahiriddin Muhammad Bobur shoir, adib, she’rshunos, adabiyotshunos, donishmand faqih (islom qonunshunosi), tilshunos, elshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi sifatida o‘zidan bebaho ma’naviy meros qoldirdi. Boshqa odamlamikidan deyarii farq qilmaydigan mo'jazgina ko‘ksida
sherning yuragiva jur’atini ko'tarib o'tgan bu mukarram zot aql bovar qilmaydi-gan kashfiyotlar bilan yuzmayuz yashab o'tdi, o‘zidan sara ma’naviy xazina va nom qoldirish uchun kuiashdi.Zahiriddin Muhammad Bobuming hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi eng noyob ishonchli manba, shubhasizki, uning «Bobumo-ma»sidir. Shuningdek, bu ulug‘ shoir va sarkardaning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydaming «Tarixi Rashidiy» asarlari ham «Bobumoma» maqomiga yaqin turuvchi asarlar sirasiga mansub. Buning boisi shuki,
Gulbadanbegim va Muhammad Haydar Bobur Mirzo bilan yaqindan muloqotda bo'lishgani bois o'z asarlarida buyuk hukmdoming faoliyati, shaxsiyatiga aloqador qimmatli ma’lumotlami keltirishgan. Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkir ul-ahbob» (1566) tazkirasida ham Bobur Mirzo bilan aloqador ishonchli qaydlar
o‘z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikmi Hindistonni idora qilgan boburiy hukm-
dorlar Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon zamonida vujudga kelgan tarixiy
asarlar borasida ham aytish mumkin.
Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so'ng, aniqrog'i, XVIII asrdan boshlab Bobuming hayoti, faoliyati, ijodi kabi masalalar Ovrupo sharqshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Vitsen, Jon Leyden, U.Erskin, RM .Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverijd xonim, Len Pul, E.Holden, V.H.M oreland va boshqa
tadqiqotchilar Bobuming hayoti va faoliyatini o'iganish, asarlarini nashr va tarjima
qilish bilan shug'ullandilar. Bu olimlar orasida ingliz tarixchisi Uilyam Erskin-ning olib borgan izlanishlari mutaxassislar tomonidan juda ko'p e’tirof etilmoqda.
Bobur shoh va shoir uning bizgacha yetib kelgan ulkan merosi mavjud. Shoirning sheʼriy merosi koʻpqirrali. U nasrda ham salmoqli ijod qilgan. Boburning barcha nazmiy asarlari “Qobul devoni” soʻngra “Hind devoni”ga jamlangan. U 1521 yili falsafiy-diniy asari “Mubayyin”ni yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek “Mubayyinu-l-zakot” soliq chiqimi kitobini yozgan. “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlar yozgani maʼlum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra boʻldi roʻzgʻorim ul qaro qoshdin yana.
Men xud ul tifli parivashgʻa koʻngul berdim, vale,
Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshdin yana…
Bobur sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan. Uning “Aruz haqida risola” ilmiy asari Sharq tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urgʻuli va urgʻusiz, uzun va qisqa boʻgʻinlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. Oʻz qarashlarini arab, fors tojik va turk sheʼriyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy anʼanalarini munosib davom ettiradi. Xalq sheʼriyatiga eʼtibor beradi. Baʼzi asarlarida xalq qoʻshiq sanʼati haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
Oʻlum uyqusigʻa borib jahondin boʻldum osuda,
Meni istasangiz, ey doʻstlar, koʻrgaysiz uyquda.
Shoh va shoir, shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shugʻullangan. Yirik soʻfiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” yaʼni “Ota onalar risolasi”ni sheʼriy koʻrinishga tarjima qilgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qurʼoni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o’zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy – tarixiy, ilmiy – tabiiy va adabiy- lingvistik ma’lumotlar xazinasidir. Unda 1494-yildan 1530-yilgacha O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy – tarixiy ahamiyati bilaan emas, balki o’zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidur. Shoir o’z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fe’l atvorini, odatlari, o’tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta’rif etiladi.
Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O’rta O’siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O’rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to’g’risida boy ma’lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so’zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O’zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g’oyat qadrlanadi.” Degani bejis emas edi. Davrning juda ko’p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o’zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi.
U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag’lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug’vor nasgidalarini surishni ko’p marotaba o’z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug’ himmatli va oily maqsadli shaxs bo’lganligidan Farg’ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug’ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog’- rog’lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi.
Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru o’zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ Jahon tarixiga bir nazar “ asarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to’liq ushbu fikrlarni izhor etgan: “ Bobur – dilbar shaxs. Uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo’lgan. Bobur o’ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.”
Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “asari tarixiy adabiy manba sifatida yana shunisi bilan e’tiborliki, asarda ko’plab tarixiy shaxslar, adabiyot va san’at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, amiru umarolar haqida ma’lumotlar uchraydi. “ Boburnoma “ da bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, askarlar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir.
Bobur bularning tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi , ikkinchi birlaari haqida qisqa ma’lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o’rin tutgan Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma’naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi. “Boburnoma “ da ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn, Muammoniy, Shayxim Suhayli, Yusuf Badeyniy, Ahmad Xojibek, Behzod , Sulton Ali, Hoji Abdulla Marvoriy, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Uddiy kabi bir qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni maqtaydi, asarlaridan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli fikrlar so’zlaydi. “ Boburnoma “ bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda ularning madaniy hayotidagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim voqeaga ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz.
Andijon, Samarqand va boshqa shaharlar tasviri bunga yorqin misoldir. Bobur 1494-yil voqealarini otasining halokati va uning o’rniga o’zining taxtga o’tirishi, amakisi Sulton Ahmad Mirzo va tog’asi Mahmudjonning ( qaynata kuyovning ) Bobur ustiga qo’shin tortishi biroq yosh hukmdordan shikoyat yeb sulx tuzushga majbur bo’lishlarini hikoya qilishdan oldin Farg’ona bekligi va uning yetti shahrini tasvirlaydi. Viloyatning eng katta shahri va poytaxti Andijon tasviri g’oyat jonli va badiiy tasvir vositalariga boydir. Tasvirda Andijonning jug’rofiy o’rni, chegaralari, g’allasi mo’l, mevalarga boyligi, ayniqsa qovuni va uzumi yaxshi bo’lishi, qovun pishig’ida poliz boshida qovun sotish raim emasligi, shahar darvozalari, shaharga to’qqiz ariqdan suv kirib, biron yordam chiqib ketmasligi, qalaning atrofi butkul mahallalar bilan o’ralganligi, qalani muhofaza etuvchi suv to’ldirilgan aylana handak bilan mahallalar orasida keng tosh yo’l tushganligi, ov qushlari ko’p va semiz bo’lishi va hokozalar haqida juda sodda mazmunli hikoya qilinadi. Shahar xalqi turkligi, shahar va bozorda turkiy tilni bilmaydigan kishi yo’qligi, aholi lahchasining adabiy tilga o’rinligi Mir Alisher Navoiy asarlarning Hirotda shuhrat qozonganligining sababi ham ularning turk tilida yozilganligi xususida Bobur o’zgacha bir iftixor bilan so’zlaydi.
Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.
Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Insonga xos qanaqa tabiiy fazilat va sof tuyg`ular bo`lsa, Bobur hayotda ham, ijodda ham asosan ana shularga suyangan. U o`z davlati va saltanati manfaati yuzasidan she`riyatiga bir siyosiy rang, targ`ibot ohanglarini olib kirsa bo`lardi. Yo`q Bobur she`riyatida topolmaysiz bunday ohanglarni.
Mohiyatan toju taxt, hukmronlikka borib tarqaladigan murod-maqsadlarini ham u nihoyatda oddiylashtirib, oddiy odamlarning yuragiga uyg`unlashib ketadigan mazmunda aks ettiradi:
Ko`ngli tilagan murodig`a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar o`lmasa olamda,
Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi.
Bu fikrlar aynan shoh va shoir Boburga tegishli ekanini bilamiz, ammo ko`ngli bir murodga intilib, yetolmagan, “bu ikki ish muyassar” bo`lmasa-da, boshini olib qayonlargadir ketishning ham uddasidan chiqolmagan har bir kishiga daxldorligini ham inkor etolmaymiz. Shuning uchun Boburning ma`naviy-ruhiy dunyosi shohu gadoni o`ziga jalb etaveradi. Ko`ngilni sehrlash, ruhni qanoatlantirishdan to`xtamaydi.
Tuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor
Uz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.
Endi ruboiyning mazmunini oʻzim tushungan shaklda taqdim etaman.
Ey Zahiri dini Muhammad Bobur, faryod koʻtar, ohingdan dasturxon tuz, u dasturxonga yuzta ohni qoʻy, shu bois, yana bir oh koʻtarda, ayshishratga, oʻtkinchi quvonchlarga izn bermaslik uchun koʻnglingni aysh chilviridan uzib yasha! Nima uchun shunday?
Bu savolga javobni keyinroqqa qoʻyaylikda, hozir Bobur ruboiysining shakliy goʻzalligi xususida fikr yuritaylik. Bu asarda ham Navoiy ruboiysi kabi qofiyani bir boʻgʻinli soʻz tashkil etadi, hatto kelishik qoʻshimchasi yoʻq, faqat soʻzning oʻzi: “tuz”, “yuz”, “uz”. Shunday qilib, ruboiydagi yigirma ikkita soʻzdan yettitasi asosiy soʻzlar, oʻn beshtasi radif.
Navoiy olti oʻzak soʻz va bir kelishik qoʻshimchasidan ruboiy yaratgan boʻlsa, Bobur yetti oʻzak soʻzdan iborat xuddi shunday goʻzal ruboiyni bizga taqdim etadi.
Bunday qaraganda, Bobur ruboiysida Navoiyga taqlid bordek koʻrinadi. Biroq bu aldamchi taassurot. Jiddiy eʼtibor qilinsa, har ikki ruboiy faqat shaklan oʻxshashlikka egaligini, lekin mazmunda keskin farq borligini ilgʻab olish mumkin; pirovard natijada ular bizga ikki qutbdagi holat tasvirlari sifatida namoyon boʻladi. Navoiyning ruboiysi Vatanda emin-erkin yashagan, saltanatda va raiyatda juda katta obroʻga ega, umrini asosan oʻzi tanlagan yagona yoʻlga – ijodga bagʻishlagan baxtli ijodkor insonning oʻz koʻngil mahbubasiga dil izhori, oshiqona satrlar. Boburning ruboiysi esa, oʻzi sevgan ijod yoʻlini yagona maqsad darajasiga koʻtara olmagan, taqdir ikkiga ajratgan bir umr bilan goh ijod yoʻlidan, goh saltanat yoʻlidan yurishga majbur boʻlgan, bir qoʻli qilichdan boʻshamagan, asarlarini goho jangovar ot ustida oʻylagan va yodaki yozgan “tolei yoʻq” ijodkorning faryodi.
Endi yuqorida asosiy tahlilimiz sababchisi boʻlgan Bobur ruboiysining soʻnggi ikki satriga eʼtibor qiling:
Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor
Uz, oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.
Vatan sogʻinchi, huzur-halovat nimaligini bilmagan, umri jahongir-jahongashtalik, jangu jadal, sarson-sargardonlikda oʻtayotgan shoirning hayotiy xulosasi bu!
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur hayoti har bir inson uchun ibrat maktabi hisoblanadi. “Boburnoma” asari orqali biz Boburni buyuk shoh va sarkarda, qomusiy olim deb bilsak, uning she’riyati orqali biz Boburni oddiy unson ekanligini bilamiz. Vatan sog’inchi, Vatanga bo’lgan mehr va sadoqat Boburda vafotiga qadar davom etdi. Hali men tenggi bo’lishiga qaramasdan shoh bo’ldi, boshiga ne azob va xiyonatkorliklar tushmadi. Shunda ham u matonat va sabr bilan eliga kuch berdi. Gohida oddiy mag’lubiyatga uchraganimda yoki kichik to’siqlarga duch kelganimda Bobur shijoati menga kuch va qanot bo’ladi. Balki, siz yoki boshqa Bobur singari butun bir sulolaga asos sola olmasmiz, kata davlat qura olmasmiz, lekin kelajagi buyuk yurtga xizmat qilish, uni gullab yashnashiga o’z hissamizni qo’sha olishimiz mumkin. Bilim va kuchimizni o’zga yurt ravnaqi uchun emas, o’zbek xalqi yuksalishi uchun sarflaylik. Zero, bu Vatan bizga ajdodlardan meros . Bu merosni ko’z qorachig’idek asrash avlodlarga farz va burchdir.
Uchquduq tuman 18- umumiy o’rta ta’lim maktabi 10- “A” sinf o’quvchisi
Sadirova Laziza