LOTIN-КИРИЛЛ

Boburni anglash

Boburni anglash

Reja:

1. Bobur – shoh va shoir.

2.,, Boburnoma ‘’ – tarixiy - memuar asar.

3. Bobur satrlarida aks etgan Vatan sog‘inchi.

4. Bobur ijodi qalblarda mangu yashaydi.

                                                                  ,, Bobur Mirzo so’z bilan jonli tasvir 

     yaratish mahoratini mukammal egallagan 

                                              adib edi ‘’. (Pirimqul Qodirov)

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movarounnahr nomlar bilan shuhrat topgan bu mamlakatning o’tmishi g’oyat qiziqarli va ibratlidir . Mana shunday tariximizda o’chmas iz qoldirgan buyuk shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil Andijon shahrida tug’iladi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tdi. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyda o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi. Otasi 1494 yil vafot etgandan keyin , hokimyat 12 yoshli o’g’li Bobur Mirzo qo’liga o’tadi. Bobur yosh bo’lgani uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan biri Hojiqozi va o’qimishli , oqila onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqaradi. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og’irligiga to’g’ri keldi. Uning orzusi ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining davlatini qayta barpo etish edi. Keyinchalik Bobur Hindistonga boradi va o’sha yerda 1526-yil Boburiylar sulolasiga asos soladi. Tarixiy malumotlarda aytilishi bo’yicha , Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo’lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo’llab quvvatlagan va Sikri jangidagi bu g’alaba Boburga Hindistonda o’z hukmronligini uzil-kesil o’rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.Bobur bu g’alabadan keyin uzoq yashamadi. 1530-yil dekabrda oyida , Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko’ra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar.

Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan keying o’rinda edi. U sof va nafosatli turkiy devon tartib etadi. U nazm yo’lida,,Mubayyin’’ atalmish asarni yaratib , shu bilan ko’pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta’limotning muallifi bo’ldi , shuningdek turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va ,,Risolayi volidiya ‘’ ni tarjima qildi. Uning bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan ,,Vaqoye’’ yoki ,,Tarixi turkiy’’ asari ham bor. U musiqa va o’zga san’atlarni g’oyatda nozik idrok etadi. 

Bobur ijodida g’azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga katta hissa qo’shdi. Bobur g’azallarining katta qismi 5 va 6 baytdan tashkil topgan.Boshqa jihatlarni gapirmaganda ham, go’zal qofiyalarning fe’llardan tashkil topishi uni og’zaki nutqqa yaqinlashtirganini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. 

Bobur ruboiylari hayotning turli qirralari haqida bahs yuritadi. Bobur ruboiylari ham g’azallari kabi habsi hol xarakteriga ega: ularda adib o’z ko’rgan-kechirgan tuyg’ularini ifodalashga ko’proq e’tibor beradi:

Necha bu falak solg’usi g’urbatda meni,

Har lahza tugangusiz mashaqqatda meni.

Ne chora qilay, netayki, Tengri go’yo 

Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa-meni.

,,Boburnoma’’ - adabiy va tarixiy ahamiyatga molk asar. Unda o’z davridagi ko’plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko’plab tog’lari , daryolari, o’rmon va cho’llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy, ahvoli haqida ma’lumotlar jamlangan.

       ,, Boburnoma ‘’ – o’zbek nasrining go’zal namunasi. Ungacha Yusuf Xos Hojibning ,, Qutadg’u bilig ‘’asari muqaddimasida , Rabg’uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog’onaga olib chiqdi. Biroq ,, Boburnoma ‘’ bu borada o’zbek nasrining o’ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko’rsatdi . Asarda tarixning Bobur yashab o’tgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo’jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo’lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O’rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo’lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Asarda adabiyot va san’at ahli, ilm-ma’rifat kishilariga ham munosib o’rin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Hasan Ali Tufayli, Sayfiy Buxoriy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy,Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa so’z ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud. 

      Bobur g’azalyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu insoniy fazilatlar tarannumi oilyjanob tuyg’ular tasviri yetakchilik qiladi. Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga o’ch bo’lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir. Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar tizimi o’ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, adib she’riyatni ijtimoiy motivlar bilan boyitishga katta hissa qo’shdi. Bobur o’zbek tilidagi so’zlardan juda o’rinli hamda unumli foydalanadi. Ularning kuchi va qudratini, ichki imkoniyatlarini, tarovatini chuqur his qiladi. Bobur asarlari o’zbek she’riyatining, o’zbek nasrining, o’zbek adabiyotining Navoiydan keyingi eng go’zal, eng nurli sahifalarini tashkil etadi. Ularning barchasi nihoyatda go’zal va ta’sirchan, takrorlanmas bir shaklda namoyon bo’lgan. Ular o’zbek tilining kuch-qudrati, ichki imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga ko’ra ham bebahodir. Bobur ruboiylarining tili sodda, ulardagi tuyg’ular samimiy, ifodalar yengil, shuning uchun adib tasvirlagan tuyg’ular kitobxonga tez ,, yuqadi ’’, uning qalbida ham o’ziga xos aks-sado beradi. Bobur ruboiyni dubaytiy va tarona degan nomlar bilan ham yuritilishini, ruboiy vazni hazaj ekanini ko’rsatadi.Bobur o’zbek tilining tarovat va nozokatini juda teran anglagan, nozik tushungan. Adib o’zbekcha so’zlarning ma’no tovushlaridan zavq tuygan. 

       Bobur hayoti o’zi tug’ilib o’sgan yurtlardan yiroqda kechganini barchamizga ma’lum. Shu bois Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g’urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog’inchiga to’la qalbning aks - sadosi, o’ziga xos oynasidir. 

Ko’pdin berikim, yor-u diyorim yo’qdur,

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qdur.

Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, 

Lekin borurimda ixtiyorim yo’qdur.

       Birinchi misradayoq yor va diyor sog’inchi juda oshkor va samimiy ifodalamoqda. Unda muddatning davomiyligi e’tiborni tortadi. Bunga ,, ko’pdin berikim’’ ifodasi orqali erishilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa sababning oqibati ko’rsatilmoqda: bu o’rinda ham muddat, vaqt, fursat tushunchasiga tayanilmoqda.

        O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng vatandoshlarimiz xotiralari tiklandi, ularni Vatanimiz tarixida tutgan o’rnini yoshlarga o’rnak qilib ko’rsatish, xotiralarini abadiylashtirish maqsadida haykallari bunyod etildi, ko’chalarga ularning nomlari berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning ham xotirasini abadiylashtirish maqsadida Andijonda unga atab haykal bunyod etildi. Asarlari kitob qilib chop etildi va kitobxonlar tomonidan sevib qarshi olindi.

       Xulosa shuki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur o’zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o’z hissasini qo’shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Biz o’quvchi-yoshlar buyuk vatandoshimizdan jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidolikni o’rganib boramiz.Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. 

Navoiy viloyat

Uchquduq tuman

20- maktabning 11-“D” o’quvchisi

Zayniddinova Rushana

 

 

O'qilgan: 1299 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 14 Feb 2023

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: