Reja :
Yosh shoh va tarixnavis.
Vatan sog’inchi ila yashagan inson.
Yurtimizda Boburga – e’tirof.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Bobur chavondozlik mashqlarini o’tkazmoqda. Chopib borayotgan ot ustida kamondan o’q otib, nishonga shunday otdiki. Nishonga kirgan o’q zarbidan, uning chuqur kirgan o’q izidan hamma hayratlandi yana boshqa satrlarida bir ot ustidan ikkinchi ot ustiga sakrab o’tib otning jilovini qo’lga olib harakatlanayotganga ot changalzor tomon uchib ketmoqda, to’satdan ot ustida ketayotdan Bobur jarohatlandiyu, sallasi yerga tushdi. Vazirlar endi nima bo’larkan deb kutib turibdi, jazo olishi muqarrar. Axir shoh o’g’li yaralandi, shunda Bobur mulozim va navkarlarga sir saqlay oladiga eng yaqin insonlaridek munosabat bildirib Eson Davlat Begimni “bilmay qo’ya qolsinlar” –deganlari.Yana Fiqh ilmini o’rganayotgan o’n ikki yoshli Bobur Kamoliddin Behzod mohirona chizgan Alisher Navoiy suratiga qarab, kitobini bir sahifasiga asrab yurib, suratga qarab –“ Ulug’ amir, nasib bo’lsa huzuringizga borsam, yo’limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini yengib o’tsam .O’shanda siz menga …she’riyat tilsimini ochuvchi kalit berurmisiz ?”-deb hayollar ummoniga cho’mgani. Yosh Boburning ulkan orzularidan biri ham shu Navoiy bilan uchrashish , g’azalxonlik qilish edi. Afsuski o’z orzusiga yetolmagan Bobur Navoiyning unga yozgan maktubini olib,sevinishi, hayolan u bilan she’rxonlik o’tkazishi, yosh shoirning go’zal qalb egasi ekanligidan darak beradi. Yoki Ahmad tanbalning Bobur shoh kezlari hali muylabi sabza urmagan necha yigitlarning kalla suyagini oyoqlari ostiga tashlab suyunganda, Bobur shunchalar yomon ahvolda qolib, begunoh to’kilgan qonlar uchun o’zini so’roqqa tutishi. Ushbu yuqoridagi jumlalarga Boburning qanchalar rahmdil va haqiqatparvar ekanligini bilib olamiz. Dunyoda qanday ezgulikka yo’g’rilgan so’z bo’lmasin barchasi bilan Boburni ta’riflashga ishlatsak bo’ladi.
Otasidan erta ayrilgan har qanday inson Boburdek katta iroda egasi bo’la olmaydi. Biz bilamizki, Bobur o’zini vatandandan yiroqda o’zga yurtni vatan qilsada, o’zi tug’ilgan ota yurtini sog’inchi bilan umrini nihoyasigacha yurti ishqida ko’plab g’azallar-u ruboiylar yozadi. Hind sari yuzlanganini “ yuz qarolig’” deb, ko’p vatanini qumsaydi, Hindistonda Boburiylar sulolasi yana necha yillar uning ezgu ishlarini davom ettiradi. O’z vataniga sig’magan shoir va shoh o’zga yurtning xalqini , madaniyatini yomonlardan asrab himoya qiladi. Biz har doim yoshlarimizga Boburning ko’tarimlik bo’lishi, vatanparvar, haqiqatparvarligini, odamgarchilik tuyg’ularini aytib, amalda ko’rsatib o’rnak bo’lishimiz vaqti kelmadimi? Darslikdagi Bobur haqidagi ma’lumot bilan cheklanmay turli adabiyotlarni o’qib, uning ma’naviyatini yoshlar ongida singdirish ,faqatgina kamolotga yetaklaydi.
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida teatr, kutubxona, milliy bogʻ bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻlgan ekan.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozim deb bilaman-ki, hozirgi o’r, o’jar, erkatoy, internet-u telefondan bosh ko’tara olmay qolgan yoshlarimiz hech bo’lmaganda bir bora “Yulduzli tunlar”ni o’qisa edi. Ota onalarimiz ham o’rnak bo’lib, bolasiga kitob bersa man ishonamanki, yoshlarimiz kelajakka qo’rqmay katta marralarni ko’zlaydi. Muhtaram Prezidentimiz ham ana shuday yosh Jaloliddin-u , yosh Boburlarni , Navoiy izdoshlarini dunyo bilsin, ko’rsin , O’zbekiston yoshlarini dunyo tanisin deb, kecha-yu kunduz uxlamay bizlarga sharoit yaratmoqda. Men shunday yoshlardan biri sifatida ayta olamanki, Boburdek o’z vatanimni sevaman va asrab avaylayman. Vatanim uchun, ravnaqi uchun o’z hissamni qo’shaman.
Uchquduq tumani 15-maktab
10-sinf o’quvchisi Jalgasova Jasmin Sauletovna