LOTIN-КИРИЛЛ

Zamonaviy bog‘cha ish boshladi

photo 2019 09 06 16 29 04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas, barchamizning eng muhim vazifamiz bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarini dasturga aylantirgan uchquduqliklar qo‘shaloq eng ulug‘, eng aziz bayram – istiqlol arafasida yana bir ishga qo‘l urishdi.
Darhaqiqat, "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

photo 2019 09 06 16 29 10

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tumanimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni-kecha Prezident tashrifi doirasida "Yo‘lchilar” ovulida 160 o‘ringa mo‘ljallangan"Kelajak yulduzlari” nomli 11-MTT qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, oradan hech qancha vaqt o‘tmay tuman markazida "Porloq yulduzchalar” muassasasi bolajonlar ixtiyoriga berildi.
Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan mazkur muassasaga tadbirkor Munavvar Qoraboeva asos soldi. U Toshkent Davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassis.
Bolajonlar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylangan muassasa bunyodkorligiga 2 mlrd. so‘mlik kredit hamda tadbirkorning 1 mlrd. so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘i yo‘naltirildi.
150 o‘rinli muassasaning mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.
Ichkarida zina, keng va yorug‘ koridorlar hamda xonalarga ishlangan rus va o‘zbek xalq ertaklari qahramonlarini suratlari, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga o‘rgatadi.
muassasada ta’lim-tarbiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarga ingliz, koreys tili ham o‘rgatiladi. O‘nga yaqin sport sektsiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

IMG 0069

E’tiborlisi, sutkada 24 soat ishlaydigan muassasada shanba va yakshanba kunlari navbatchi guruhlar tashkil etiladi.
-Ikki nafar farzandim bor. Kechki smenaga ishga ketayotganimda besh yoshli va uch yoshli farzandlarimga qarovchi bo‘lmaganligi sababli qo‘shnilarimga qoldirib ketishga majbur bo‘lardim, - deydi Nargiza Ro‘zieva. – Albatta muassasa men kabi onalarga ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Tumanimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, xususan, yangilarini tashkil etish orqali bolalarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda tumanda 19 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda bog‘cha yoshidagi bolalarning 74 foizi qamrab olingan.

O'qilgan: 568 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 11 Sep 2019

Latest from Hokimiyat matbuot xizmati

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: