NKMK AJ va “Navoiyuran” DK OYXTTEM SHKB OYXTTEBo’limi harbiy xizmatchilarining ma`naviyat va ma`rrifat soatiga Uchquduq tumanidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi A.Qurbonov, tergov sudyasi Sh.Homidov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya A.Jumayev hamda iqtisodiy sudi raisi D.Turdiyevlar ishtirok etdilar.
Tadbirda har bir sudya o`z yo`nalishi bo`yicha ma`umot berib, sud tizimida qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlarining mazmun mohiyati haqida gapirib o`tdi. Jumladan: Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi D.Turdivev iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodyi protsessual kodeksiga muvofiq yozma yoki elektron shaklda da’vo arizasi kiritish mumkinligi, da’vo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida belgilangan shakl va mazmunda bo‘lishi lozimligi, Kodeksning 151-moddasiga binoan da’vo arizasiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi.
Uchquduq tumani tergov sudi sudyasi 2025 yilning 28-yanvar kuni "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1022-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qaul qilinib, ushbu Qonun tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ma’lum qildi.
Bugungi kunda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida firibgarlik, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlaming soni oshganligini, bu borada tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jinoyatlaming oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilinayotganligini ta’kidlab o‘tilib, o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, hamisha eng ko‘p e’tibor va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishini talab qiladigan mavzu – korrupsiya va uning inson va jamiyat uchun naqadar ayanchli oqibatlar keltirib chiqarishini, har bir tizimida korrupsion jinoyatlar oshganligi hammamizni tashvishga solishini, korrupsion jinoyatlarni sodir etgan fuqorolar o‘zlariga daxldor bo‘lmagan vazifalarni hal qilib berish maqsadida ushbu qing‘ir yo‘llarga kirishganligini, bunga sabab sifatida esa fuqorolarni bilim saviyasini pastligi, qonunchilikni bilmasliklari, har bir fuqoro yoki mansabdor shaxs avvalo o‘z vazifalarining asosiy maqsadi xalqqa va davlatimizga xizmat qilib, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash emas, balki berilgan imtiyozlardan foydalanib, boylik orttirish, ma’lum bir manfaatlari, ehtiyojlarini qondirishga erishish maqsadida yo’l quyilayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Jinoyat yoki qoidabuzarlikning har qanday turi javobsiz qolmasligi, qonun ustuvorligini ta`minlash asosiy vazifa ekanligi, qonun oldida hamma teng ekanligi yana bir bor harbiy xizmatchilarga yetkazildi. Tadbir yakunida harbiylar o`zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
ShKB OYoXTTEB inspektorlari
Sanjar Baxodirov va Davron Asadov