LOTIN-КИРИЛЛ

3-GMZda “BIOX” sexining maʼdan qayta ishlash quvvati oshirildi

    Navoiy kon-metallurgiya kombinatida investitsion loyihalarni amalga oshirish bosqichma-bosqich davom etmoqda. Jumladan, “Kokpatas va Dovg‘iztov oltin konlarida maʼdan qazib olish (III navbati)” loyihasi ana shunday yirik va istiqbolli loyihalardan biridir.

Keyingi yillarda mazkur loyihaning 3-gidrometallurgiya zavodiga taalluqli bosqichi bo‘yicha bajarilgan keng ko‘lamli ishlar korxona tarixida yangi sahifa ochdi. Loyihaning navbatdagi bosqichida zavoddagi Bioksidlash sexining (BIOX) maʼdan qayta ishlash quvvatini oshirish va kengaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida yangi 9, 10-biooksidlash modullari ishga tushirildi.

Bioksidlash sexi boshlig‘i Bobur Eshpo‘latov taʼkidlaganidek:

    “Kokpatas va Dovg‘iztov oltin konlarida maʼdan qazib olish (III navbati)” investitsion loyihasi doirasida zavodda ishga tushirilgan 9, 10-biooksidlash modullari hisobiga amaldagi 48 ta bioreaktorga qo‘shimcha tarzda 12 ta bioreaktor qo‘shildi. Bu, o‘z-o‘zidan sulfid konsentratlari ishlab chiqarish hajmini 25 foizga, tayyor mahsulot hajmini 12 foizga oshirish bilan birga, 25 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.”

    3-GMZda yangi biooksidlash modullarni ishga tushirish munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Shimoliy kon boshqarmasi rahbariyati, korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

 

“NKMK” AJ Matbuot xizmati.

O'qilgan: 15 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: