Bugun tuman hokimi U.Yelmuratov Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida bo‘lib, bu yerda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta – oilaviy shifokorlik punkti va 1 ta oilaviy poliklinika tomonidan 37 495 nafar aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga yangidan akvadistilyator kompressor, stomatolog uskunalar, xirurgik jamlama va kuvez apparati uchun qariyb 144 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 115 mln. so‘m evaziga Quyosh fotoeletrik va quyosh panellari o‘rnatilgan. E’tiborlisi, 367 mln. so‘m pul sarflanaib, FATONG-7 FMBULANCE rusumli tez tibbiy yordam mashinalari olib kelingan.
Tuman tibbiyot birlashmasi markazlashgan holda 396 mln. 162 ming so‘m miqdorida dori-darmon vositalari xarid qilingan. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati moddiy - texnik bazasini takomillashtirish maqsadida 7 ta oilaviy shifokorlik punktiga 7 ta monablok bilan ta’minlangan. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan markazlashgan holda kompyuterlar jamlamasi bilan ta’minlangan.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Shukurov tomonidan tuman hokimiga ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika registraturasi zamon talablariga to‘la javob bermasligi, uni kengaytirish borasida o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirildi.
“Tashabbusli byudjet” ning 2-mavsumida tibbiyot muassasasi jamoasi tomonidan ilgari surilgan loyiha g‘olib, deb topildi. 500 mln. so‘m mablag‘ hisobidan poliklinika registraturasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.