LOTIN-КИРИЛЛ

SUN’IY QOPLAMALI MINI STADION o‘quvchilar ixtiyoriga berildi

      Aholining turmush farovonligini oshirish, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida shuningdek, byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashda bevosita aholining ishtirokini kengroq ta’minlashga qaratilgan – open byudjet tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
     Yana bir muhim jihati davlat byudjetini samarali ishlatilishini ta’minlasa, ikkinchidan jamoat nazoratini kuchaytirishga sabab bo‘ladi. Uchquduq tumanida ham bu borada izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
«Tashabbusli byudjet»ning joriy yil 1-mavsumida 15 ta loyiha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 12 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Jumladan, 18-maktab jamoasi va ota-onalari tomonidan eng ko‘p ovoz yig‘ilib, 950 mln. so‘m miqdoridagi 2 ta loyiha g‘olib deb topildi. Bular maktab hovlisi ichki yo‘llarini ta’mirlashga 600 mln. so‘m, sun’iy qoplamali mini stadion qurish uchun 350 mln. so‘m mablag‘ «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida ajratildi.
Bugun ko‘rib guvohi bo‘lganingizdek, har ikkala loyiha doirasidagi ishlar to‘liq yakuniga yetkazildi.
        “Zamonaviy maktab” maqomi berilgan 18-maktabda hozirda 860 nafar o‘quvchiga 80 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda. Ularning 25 nafari oliy toifali o‘qituvchilardir. 2023-2024 o‘quv yilida 48 nafar bitiruvchi tugatgan bo‘lib, 39 nafari ya’ni 81 foizi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari “Al-Xorazmiy” olimpiadasi, “Huquq fani bilimdoni”, "Besh tashabbus olimpiadasi”, “Eng yaxshi xorijiy tillarni o‘qitish maktabi” singari turli tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
     Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanadiganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, Gulasal va Gulina Obloqulovalar dzyudo sportidan turli xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Bugun foydalanishga topshirilayotgan sun’iy qoplamali mini sport maydonining ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Unda Uchquduq tuman hokimi U.Yelmuratov hamda mahalla faollari, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab o‘quvchi-yoshlari va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Maktabning sport bilan muntazam shug‘alladigan yoshlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.
Tadbirda tuman hokimi U.Yelmuratov so‘zga chiqib, ushbu mini stadion bilan o‘quvchilarni tabrikladi. Maktabning sportchi yoshlari orasidan mamlakat chempionlari, xalqaro musobaqalar va olimpiada g‘oliblari yetishib chiqishini tiladi.
-Bugun maktab o‘quvchilari ota-onalarining quvonchi cheksiz, ko‘pdan kutgan zamonaviy stadion yangidan qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Nevaram Muhammadjon shu maktabning 3-B sinfida o‘qiydi, futbol bilan shug‘ullanadi. Ana shunday umidli yoshlar sportda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlarini tilab qolaman, - dedi Kenjaboy Raxmonov.

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

O'qilgan: 87 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: