Bugun “Uchquduq” madaniyat uyida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali ularning dardi va muammolarini hal etish maqsadida Navoiy viloyati 99451-sonli harbiy qism komandiri bilan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda Navoiy viloyati 99451-sonli harbiy qism komandiri, podpolkovnik A.Miraxmedov, Uchquduq tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Isroilova, tumandagi korxona- tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tumandagi 99818-sonli harbiy qismda harbiy xizmatni olib borayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini jalb qilgan qabulda, mas’ullar tomonidan ishga joylashish, imtiyozli uy-joyga ega bo‘lish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda imtiyozli kreditlar olish kabi masalalarga oid 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi.
Fuqarolarning murojaatlari harbiy guvohnoma olish, farzandini oliy ta’lim muassasasiga kirishda imtiyoz olish hamda vaqt talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga hal qilish uchun qat’iy ko‘rsatmalar berildi.