31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust soat 22:00 gacha elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilmoqda. Shu munosabat bilan qariyb toʻliq besh kun davomida Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirib boʻlmaydi.
Shuningdek, shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar ham boʻlishi mumkin.
Biroq oy oxirida hisobi tugaydigan isteʼmolchilar ayni muddatda qarzdorlikka chiqsa ham avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.