LOTIN-КИРИЛЛ

Endi «prava» uchun birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham imtihondan oʻtishga toʻgʻri keladi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 408-sonli qaroriga tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan, mazkur qarorning 24-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, endilikda «oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni boʻyicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorni toʻgʻri transpartirovka qilish koʻnikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi.

Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlarning mezonlari SSV tomonidan belgilanadi».

Eslatib oʻtamiz, avvalroq SSV Oʻzbekiston hududida yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga yagona birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibini joriy etishga doir vazir buyrugʻi loyihasini ishlab chiqqani xabar qilingan edi.

O'qilgan: 118 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: