LOTIN-КИРИЛЛ

Sud – huquq sohasida islohotlar davom etmoqda

Ma’lumki bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq sohasini takomillashtirish, jamiyatda adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 10 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son farmoni qabul qilinishi ham bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan prosessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyasiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi;

tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi;

tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo‘ysunadi.

Mazkur institut dastavval Fransiyada vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan davlatlar, jumladan Ispaniya, Xorvatiya, Belgiya va boshqa MDH davlatlarida ham joriy etilgan.  

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ushbu qabul qilingan Farmon Yangi O‘zbekistonimizda aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchquduq tuman iqtisodiy 

sudi raisi D.Turdiyev

O'qilgan: 230 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: