Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib o‘tildi
2024-yil tuman mahalliy budjetining birinchi chorak daromadlari rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Bobomurodov axborot berib o‘tdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi tomonidan hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti axborot berib o‘tdi.
Tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimligi devonxona bo‘limi mudiri L.Nazarova hisobot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Hamidov hisobot berib o‘tdi.