LOTIN-КИРИЛЛ

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

 

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.

30 aprel kuni «2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni [PF-70-son] qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

• hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi;

• qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;

• ko‘p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga «yashil» uy-joy standartlari joriy qilinadi;

• ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;

• kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;

• banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 iyundan «mahalla yettiligi» tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

O'qilgan: 295 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: