LOTIN-КИРИЛЛ

DO'STLIKKA XIYONAT

     Sud zalidan

      Hayotda shunday insonlar borki, ularning olijanobligini oddiy so‘zlar bilan ta’riflashga ojizlik qilasan kishi. Ularning oila va jamoat joylari hamda ishdagi va bugunni emas, ertani o‘ylab qilayotgan har bir ishi ibratga loyiqligi bilan ajralib turadi. Ha, azizlar ana shunday insonlarning ko‘pligi bois ham hayotimiz go‘zaldir.
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, "Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi" deganlariday, oramizda yana shunday insonlar borki, ularni tilga olib bo‘lmas darajada qilayotgan nopok ishlarini eshitib: "Hayf, sendaqa insonga!" deb yuborging keladi. Quyida biz ism sharifini tilga olayotgan Asilbek (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) ham ana shunday aytish joiz bo‘lsa, jirkanch insonlardan biridir. Nega deysizmi? Yo‘qsa u o‘z do‘stining xotiniga ko‘z olaytirarmidi?...
      Biz bugun razil do‘st Asilbek haqida gapirar ekanmiz, "Mashriq zamin hikmat bo‘stoni" nomli kitobdagi nopok do‘stlar haqida yozilgan quyidagi jumlalarni keltirib o‘tishni joi, deb topdik.
"Uch toifa odamlar borki, ular bilan do‘st tutinishdan ehtiyot bo‘lmoq kerak. Birinchisi, fisqu fasodli odamlar bo‘lib, ularning himmati nafsi ammorasining ostida bekilgan bo‘ladi. Ikkinchisi axmoq kishilar bo‘lib, boshga tushgan zararni daf qilishda ham, biror foydaga yetishishda ham ularga ishonmaslik lozim. Ko‘p hollarda ularning nafi zarar. Xayrli ishi esa sharoradan battar bo‘lib chiqadi. Uchinchisi yolg‘onchilar bo‘lib, ular bilan bo‘lgan suhbat jonga azob, ulfatchiligi esa dil uyini vayron etadi..."
Ha, azizlar, dil uyini vayron etadigan do‘stlardan uzoqroq yurish kerak.
      Amangeldi ham do‘sti Asilbekka ishonib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida jirkanch voqea quyidagicha bo‘lib o‘tgandi.
Hammasi Amangeldining otarga borib, cho‘ponlik qilishni maqsad qilganidan boshlandi. Do‘sti Asilbekka bu haqda dil yordi:-Do‘stim men senga tug‘ishganlarimdek ishonaman. Chunki, bizning do‘stligimiz bir yil, ikki yillik emas. Esimni taniganimdan beri sen bilan do‘stman. Men yaqinda ovulga uzoqroq otarga ishga ketayapman. Farzandim bilan xotinimni esa senga ishonib topshiraman. Men yo‘g‘imda ular oziq-ovqatdan qiynalib, qolishmasin. Harna boridan qarashib tur. Hisob-kitobniesa men u yoqdankelgandanso‘ngkelishibolamiz...
Amangeldi har tomonlama go‘zal xotini va hali endigina atak-chechak qilayotgan farzandini "och bo‘ri" ni oldiga o‘z qo‘llari bilan tashlab ketayotganini afsuski, bilmadi...
Asilbek kunda kunora Guljamoldan xabarolibturdi. Mehribonlikqilibdo‘stiningfarzandinierkalatib, ulardanholso‘rab,so‘nguyigaketardi. Asilbekning ko‘z qarashlarini yoqtirmagan Guljamol bir kuni unga tanbeh ohangida:
-Asilbek biz yaxshimiz. Uyda hamma narsamiz yetarli. Mabodo biror narsa kerak bo‘lsa o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman,-dedi.
-Sizlarga olib kelgan yeguliklarim mashinada qoldi,-deya allamahalda Guljamolning qarshisida paydo bo‘ldi.
Guljamol Asilbekka jon holatda o‘shqirdi:-Tezroq uydan chiqib ket!. Bo‘lmasa hozirning o‘zidayoq qo‘ni-qo‘shnini yordamga chaqiraman, sharmada qilaman,-dedi.
-Bugundodingnifaqat men tinglayman. Faryodingnito‘rtdevordanboshqahech kim eshitmaydi,-deyako‘zlariqongato‘lib,ojizayolnibag‘rigatortdi...
Afsus, shu kech ko‘p yillik do‘stlikka putr yetdi.
Yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolmadi. Bu isnodga Guljamol chidab turolmadi. Tongda u tuman IIB tomon yo‘l oldi...
Yaqinda bo‘lib o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida sudlanuvchi Asilbekga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud tomonidan razil do‘st qilmishiga yarasha jazoga tortildi.
Darvoqe, donolarimizdan biri "Eng yomon xislat-dunyoda do‘stlarga qilinadigan makr bilan xiyonatdir",-deydi.
Ha, Asilbek o‘z do‘stiga xiyonat qildi. Endi ana shu xiyonat uning qalbida bir umrlik armonga aylanishi turgan gap.

Nuriya PO‘LATOVA,
gazetaning jamoatchi muxbiri.

O'qilgan: 202 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 23 May 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: