O‘zbekistonda oliygohlar, kollejlar va texnikumlarga qabul imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, abituriyentlar testni 1 marta topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, kollej yoki texnikumga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi,
1-bosqichda abituriyent ro‘yxatdan o‘tib, test fanlarini tanlaydi;
2-bosqichda abituriyent test natijasi e’lon qilingandan keyin ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydi.
Ma’lumot uchun, bir necha yildan beri amal qilib kelayotgan tartibga ko‘ra, abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va bu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.