LOTIN-КИРИЛЛ

Urush ko‘rganlar hayotidan...

      KICHIK LEYTENANT SADOQATI

       1944 yilda yapon armiyasi kichik leytenanti Onoda Xiroga Filippindagi Lubang orolida partizanlar otryadini boshqarish va yashirinish buyuriladi. Barcha askarlar nobud bo‘lganidan so‘ng ham Onoda Xiro changalzorlarda yashirinib, hech qanday dushman bo‘lmasada, hududni tark etishga buyruq bo‘lmagani uchun 1974 yilga qadar partizanlik harakatini davom ettirgan. Keyinchalik mahalliy odamlar bu orolga kelib, partizanga duch kelganlarida Onoda urush allaqachon tugaganiga ishonmay qurolni topshirishdan bosh tortadi bevosita komandirining buyrug‘i bo‘lmaguncha qarshilik ko‘rsatishini bildiradi. Bir amallab keksa komandirni topib kelishadi va u karnay orqali changalzorga qarab bir necha kun davomida qarshilikni to‘xtatishni buyurib turadi. Shundan keyingina keksayib qolgan askar qurolni topshiradi va vataniga qaytadi. Undan: “O‘tgan umringiz behuda ketganiga achinmaysizmi?”, deb so‘raganlarida, “Achinmayman! Chunki men vatanim ravnaqi yo‘lida xizmat qildim va buyruqni oxiriga qadar bajardim. Qaytganimda men taraqqiy etgan Yaponiyani ko‘rdim va bunda o‘zimning ham hissam bor, deb hisoblayman. Chunki har kim o‘z ishini sidqidildan bajarishi kerak”, deya javob bergan.

      TAQDIR HAZILIMI YOKI OMAD?

      Shu kungacha yagona atom bombardimoniga Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlari duchor bo‘lishgan. AQSHlik harbiylar tomonidan Xirosima shahriga reja asosida atom bombasi tashlangan bo‘lsa, Nagasaki shahri taqdirning achchiq hazili tufayli bu qurolga nishon bo‘lgan. Aslida ikkinchi bomba Kokura shahriga tashlanishi kerak edi, lekin ob-havo uchishga noqulay bo‘lganligi sabab uchuvchi bombani Nagasakiga tashlashga qaror qiladi. Yaponiyalik injener Tsutomu Yamaguti esa ikki marta atom bombasi portlashini boshdan kechirgan insondir. Gap shundaki 1945 yilning 6 avgustida Yamaguti Xirosimada bo‘lgan va bomba portlashidan so‘ng erta tongda o‘zining ona shahri Nagasakiga qochib boradi. Yetib borishi bilan ikkinchi bomba portlaydi. Yamaguti 2010 yilga qadar tirik qolgan va ikki atom urushini boshdan kechirgan oxirgi inson sifatida tarixga muhrlangan.

O'qilgan: 175 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: