LOTIN-КИРИЛЛ

YENGIL KONSTRUKSIYALI ISSIQХONALAR OʻRNATISH UCHUN BERILADIGAN SUBSIDIYALAR MIQDORI QANCHA?  

    Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024 yildagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 255-son qarori qabul qilindi.

 

   Hujjat bilan,

- yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish

- urugʻliklar

- koʻchatlar

- sugʻorish vositalari хarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi. Tegishli oʻzgartirishlar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini ishlatilgan.

    Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi.

  Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bogʻliq boʻladi.



   Uchquduq tuman Adliya bo`limi

O'qilgan: 174 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: