LOTIN-КИРИЛЛ

2024-yil 1-apreldan boshlab issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun QQS boʻyicha imtiyoz bekor qilinadi

 

     2023-yil 28-dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-891-son Qonunga muvofiq, ayrim xizmatlarga, shu jumladan, issiqlik taʼminoti xizmatlariga QQSning nol stavkasibekor qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi oʻz yangiliklarida eʼlon qildi, tegishli tushuntirishlar berildi.

    Bu nimani anglatadi?

1 apreldan boshlab isitish tizimi va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda 12% qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) belgilangan tarifga qoʻshiladi. Ilgari ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun tovar aylanmasi nol stavka boʻyicha QQSga tortilar edi.

    QQS qayerdan keladi?

QQS davlat byudjetiga tushadi hamda issiqlik taʼminoti tarifining bir qismi hisoblanmaydi.

   QQS avansga (oldindan toʻlovga) taʼsir qiladimi?

Taʼsir qiladi, faqat 2024 yil 1 apreldan eʼtiboran. Bunda tarifni qayta hisoblash mumkin emas. QQS tarifning bir qismi emas, balki soliq hisoblanadi, shuning uchun 1 apreldan boshlab issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun barcha toʻlovlar QQS bilan amalga oshiriladi.

     Issiqlik energiyasini sotishda QQS Soliq kodeksining 242, 265-moddalariga muvofiq hisoblanadi.

O'qilgan: 263 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: