Ayrim talaba-o‘quvchilar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi :
➖ oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida o‘qishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni o‘zlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, to‘lovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalardan o‘qishini ko‘chirayotgan, ko‘chirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
➖ professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum)ga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.