LOTIN-КИРИЛЛ

TALABALAR UCHUN HAQ TO`LANADIGAN AMALIYOT O`TASH TARTIBI BELGILANDI  

    Vazirlar Mahkamasining 08.01.2024 yildagi 11-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalarining haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

     Mazkur hujjat bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • tanlov asosida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
  • talabalarning amaliy ishlari tanlovida ishtirok etishi;
  • haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va amaliyotga rahbarlik qilish;
  • mehnat munosabatlari va moliyalashtirish monitoringini oʻtkazish

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachisi boʻlgan  vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari ichki ehtiyojlari va yillik rejasidan kelib chiqib:

  • oʻqish shaklidan qat’i nazar,  shartnomalar asosida tegishli ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) boʻyicha talabalarga haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini ta’minlaydilar;
  • talabalarga qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlovni ta’minlaydilar;
  • ishlab chiqarish amaliyoti davrida oʻzining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oʻqiyotganlar uchun vaqtincha yashash joyi va yetarli sharoitlarni (shaхsiy himoya vositalari, maхsus ovqat va boshqalar) ta’minlaydi;
  • qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlariga moliyaviy ragʻbatlantirish choralarini belgilash huquqi taqdim qilinadi;
  • ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli oʻtagan talabalarga oʻqishni tugatgandan soʻng ushbu tashkilotlarda yoki ularning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlashni tavsiya etish. 

Nizomga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan haq toʻlanadigan amaliyotni tashkil etish maqsadida talabalar oʻrtasida yiliga kamida bir marotaba tanlov oʻtkaziladi.

 Amaliyot oʻtash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) oʻrin ajratiladi. 

 Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaхsan oʻzi, pochta orqali yoki elektron shaklda oʻzi oʻqiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

Tanlovda qatnashish uchun talaba:

  • bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan va Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi lozim;
  • uning ta’lim yoʻnalishi (mutaхassisligi) tarmoq korхonasidagi faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlishi kerak.

Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yoʻllanma хati bilan Maхsus komissiyaga 5 ish kuni davomida taqdim qiladi. Komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.  

 Maхsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot koʻrinishida) oʻtkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi. Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari boʻyicha ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 

Amaliyot 1 oydan 3 oygacha boʻlgan davr mobaynida oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda  amalga oshiriladi. Talabaning amaliyot oʻtashi uchun sinov muddati belgilanmagan.

 Gʻolib talabalarning amaliyoti boʻyicha хarajatlar Maхsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan soʻng 15 kun davomida qoplanadi. Bunda talabaga  BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamga oʻtkaziladi. 

Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Tanlovdan tashqari talabalar uchun tashkil etilgan ishlab chiqarish amaliyotlari vazirliklar, idoralar va korхonalar tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.

 

Uchquduq tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Shodiyeva  Nafisa Minboy qizi

O'qilgan: 478 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: