LOTIN-КИРИЛЛ

Bogʻcha va maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar eʼlon qilindi

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bogʻcha va maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalarini maʼlum qildi.

        Unga koʻra, bayram munosabati bilan taʼlim tashkilotlarida quyidagilar tavsiya etiladi:

– taʼlim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, taʼlim tashkilotlari hovlisidagi tabiiy archani (agar boʻlsa) oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish. Bunda bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga koʻchirish mumkin emas;

– taʼlim tashkilotlari foyesi, faollar yoki sport zallarini oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish, bunda, turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

– bayram tadbirlarini taʼlim tashkilotlari hududida, qiziqarli holda tashkil etish va muassasa hududini bayramona bezatish, ayrim tadbirlarni taʼlim tashkilotlarining guruhlarida va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashgʻulotlariga xalal bermagan holda oʻtkazish;

– taʼlim tashkilotlarining yuqori sinflari oʻrtasida oʻquvchilar tomonidan tayyorlanadigan bezaklar (qogʻozdan yasalgan qor parchalari va boshqa yangi yil bayramiga xos boʻlgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, oʻqituvchilarga, ota-onalarga) kabi koʻrik-tanlovlar tashkil etish;

– oʻquvchilar tomonidan yangi yil bayrami bilan bogʻliq turli xil ertaklar va sahna koʻrinishlarini namoyish qilish tavsiya etiladi.

       Vazirlikka koʻra, bayram kunlari davomida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi, ularning oldini olish uchun berilgan koʻrsatmalarga rioya qilish talab etiladi. Yaʼni:

– oʻquvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, bundan tashqari, taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan Ertalabki saflanishlar davomida, sinf rahbarlari tomonidan esa sinf soatlari va ota-onalar majlisida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanishning ogʻir oqibatlari haqida oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borish lozim.

– bayramni nishonlash bahonasida oʻquvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yigʻimlarini tashkil etish, bayramni restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida oʻtkazish, shuningdek, oʻquvchilar, ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan taʼlim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlarga turli xil sovgʻalar taqdim etish qatʼiyan taqiqlanadi.

        Shu bilan birga, oʻquvchilar hamda ota-onalar oʻrtasida yangi yil bayramini oila davrasida oʻtkazish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish talab etilishi taʼkidlangan.

      Vazirlik 2 kun muddatida yuqoridagi tavsiya va koʻrsatmalar taʼlim tashkilotlariga yetkazilishi hamda ularga toʻliq rioya qilinishini soʻragan.

O'qilgan: 605 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: