BOTULIZM-og’ir turdagi ovqatdan zaharlanish bo’lib, uy sharoitida tayyorlangan pоmidor, bodiring, patisson marinadi, baqlajon ikrasi va boshqa konserva mahsulotlari iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi.
ZAHARLANISH BELGILARI :
- holsizlik, ko‘ngil aynish, qayd qilish, og‘iz qurishi:
- ko‘rishning xiralashishi:
- buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi:
- ko‘z qovog‘ining osilishi:
- ovoz bug‘ilishi:
BOTULIZMGA CHALINMASLIK UCHUN HAR BIR INSON QUYIDAGILARGA AMAL QILISHI KERAK:
- Uy sharoitida pomidor, bodiring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik:
- Belgilanmagan joylar, ko‘cha-ko‘ylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik:
- Do‘konlardan konserva mahsulotlarini harid qilish jarayonida mahsulot yorlig‘i va unda keltirib o‘tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor berish:
- Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqatmasdan yaxshilab ko‘zdan kechirish, qopqog‘i ko‘tarilmaganligiga, suyuqlikning tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga e’tiborli bo‘lish.
BUNI YODDA TUTINIG!
103!
- Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarini oldini olishning yagona yo‘li shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish.
- Bemorni uy sharoitida, o‘zi bilganicha davolash og‘ir asoratlarga, hattoki o‘limga olib kelishi mumkin.
- Shu sababli kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan
- shifoxonaga murojaat qiling!
Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi.