ShKB OYoXTTE Bo`limi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash, oilaga bo`lgan munosabat, turmush tarzini yaxshilash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlarni oldini olish to`g`risida hamkorlikdagi xizmatlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvdagi asosiy masalalar haqida Uchquduq tuman Ichki Ishlar Bo`limi JTSBo`linmasi katta inspektori kapitan J.Islomov so`zga chiqib, bo`lim va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari o`rtasida munosatni yaxshilash bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, oilaviy muhitni yaxshilash borasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan islohatlar tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida gapirib o`tdi.
“Jamiyatda ijtimoiy - ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlarni bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, O`zbekiston Respublikasi miqyosida istiqomat qilib kelayotgan har bir xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ularga berilayotgan imtiyozlar, ularni zo`ravonlik va qiynoqlardan asrab avvaylash, jamiyatda o`z o`rnini topishini, turli sohalarda foaliyat olib borilishlarini ta`m inlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta`m inlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini tushuntirib berdi. Qiziqarli o`tgan uchrashuvda harbiy xizmatchilar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Otabek Hikmatov va Davron Asadov
ShKB OYoXTTEB inspektorlari