Uchquduq tumanida joriy yilning 22-24-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2023-yil 10-noyabrdagi 24/vm-939-21-sonli xati hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2023-yil 26-iyuldagi 80-son bayoni 21-bandida berilgan topshiriqqa asosan avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va talablariga mosligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozliganligi, hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan normalardan foydalanganligini o‘rganish, shuningdek, xato yozilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan Uchquduq tumani hokimi maslahatchisi S.Islomova, tuman “Yo‘llardan foydalanish” UK hamda Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan Uchquduq-Zarafshon yo‘nalishi A-379 yo‘lidagi yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlari yozuvlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ishlari tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan shu kunning o‘zidayoq boshlab yuborildi. Hozirda yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlari yangilanib, qayta o‘rnatilmoqda.
Sojida ISLOMOVA,
tuman hokimi maslahatchisi