O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 17-noyabr kuni “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmonini imzoladi.
Farmonga muvofiq, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda,yaʼni:
- - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
- - yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
- - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Undan tashqari barcha budjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash joizki, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezidentning ushbu farmoni bilan 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi. Bu joriy yil hisobida bu ikkinchi marotaba oyliklar va pensiyalar oshirilishi bo‘ladi. Umumiy hisobda yil davomida ish haqi, pensiya va nafaqalar jami 14,5% ga oshirildi.
Uchquduq tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Holiqov Nurbek Qo’ldosh o’g’li