O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida nizomga binoan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun; salomatligini tiklash uchun; homiladorlik va tug‘ish uchun; bolalarni parvarish qilish uchun;
- oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda,talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi biroq akademik ta’til davrida stipendiyalar to’lanishi to’xtatilib turiladi.
Akademik ta’til olish uchun ma’lum vaqt belgilanmagan,o‘quv yilining har qanday qismida beriladi. Akademik ta’til olish uchun talaba (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki turmush o‘rtog‘i) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Akademik ta’til olishni so‘rab murojaat qilgan talabaning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: harbiy xizmatni o‘tash uchun — tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi; salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi; oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi.
Yuqoridagi hujjatlar akademik ta’til olish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Holiqov Nurbek Qo’ldosh o’g’li
Uchquduq tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi Bosh yuriskonsulti