LOTIN-КИРИЛЛ

Endi chet el fuqarolarini O’zbekistonga taklif qilish osonlashdi

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-komunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-sonqarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 06.11.2023 yildagi 589-son qarori bilan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

        Reglamentga asosan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekistonga taklif qilish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilish lozim. Reglament quyidagilarni belgilaydi: chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni taklif qilish uchun ariza bilan murojaat qilish tartibini; ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini; chet el fuqarolarini taklif qilish boʻyicha QR-kod bilan himoyalangan taklifnomalarni rasmiylashtirish va ariza beruvchiga taqdim qilishni. Ariza beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekistonga taklif qilish uchun oʻz хohishiga koʻra doimiy yoki vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan vakolatli organga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat хizmatidan elektron shaklda foydalanadi.

         Davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.   Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi. Ma’qullangan ariza boʻyicha bir ish kuni davomida taklifnoma rasmiylashtiriladi (QR-kod bilan) hamda u ariza beruvchiga taqdim etiladi yoki ariza beruvchining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga yuboriladi.

       Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Uchquduq tuman adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Holiqov Nurbek Qo’ldosh o’g’li

O'qilgan: 435 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 13 Nov 2023

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: