LOTIN-КИРИЛЛ

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish tartibidan xabordormisiz?

   Ota-onalar o'z xohishiga ko'ra o'quv yilida yoki u tugaganidan so'ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o'tkazish huquqiga ega. Bunda bir maktabdan boshqasiga o'tkazish uchun uning sabablarini ko'rsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi. Ariza 1 ish kunida ko'rib chiqiladi va o'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.

    Ota-onalar farzandi o'qishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Arizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi. O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning o'zida ota-onalarga o'quvchi ta'lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini beradi.O'quvchi o'qiyotgan maktab direktori maktabga kelish talonini olgach, shu kunning o'zida o'quvchini maktab o'quvchilari safidan chiqarish to'g'risida buyruq qabul qiladi.Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to'g'risida imzo qo'ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to'g'risida tilxat oladi:

o'quvchining maktab o'quvchilari safidan chiqarilganligi to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma;

o'quvchining baholar (o'zlashtirish) tabeli;

o'quvchining tibbiy kartasi.

   O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan o'tkazilayotgan o'quvchining o'quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishi shart.

    O‘quvchini xorijiy davlatdagi ta'lim muassasasiga o‘tkazishda — Ota-onalar o‘qish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan bo‘lsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta'lim muassasasiga o‘tkazish huquqiga ega.

    Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta'lim muassasasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning voyaga yetmaganni maktab o‘quvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko‘chirma ilova qilinadi.

    Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi to‘g‘risida tilxat oladi.Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati o‘quvchining maktabda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.O‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

    Maktab direktori tomonidan xorijiy davlatdagi ta'lim muassasasiga o‘tkazilayotganligi sababli o‘quvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har o‘quv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limiga, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limiga (boshqarmasiga) va tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasiga taqdim etiladi.

Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Shodiyeva Nafisa Minboy qizi

O'qilgan: 656 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: